Turkiya madaniyati kunlari
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "Turkiya
madaniyati kunlari"
2021-yilning 1-dekabridan boshlab, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "Turkiya madaniyati kunlari" o‘tkazildi. Mazkur tadbirga Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, elchixona vakillari va O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney tashrif buyurdilar. Tadbir Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori , f . f . n ., dots . G . Rixsiyeva va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar tomonidan ochildi . Ular birgalikda universitetning Turkshunoslik fakultetining ko’p yillardan beri jonbozlik ko’rsatib ta’lim berayotgan professor-o’qituvchilariga Tashakkurnomalar berishdi. TDShU rektori mazkur fakultet miqyosida Rektor stipendiyasiga sazovor bo’lgan talabalarni taqdirlab, ularga ezgu niyatlar bildirdilar. Undan so’ng universitet talabalari tomonidan tayyorlangan kuy va qo’shiqlar, turkular mehmonlar e’tiboriga havola etildi. Taqdimot so’ngida barcha qatnashchilar va mehmonlarga turk taomlari taqdim etildi. Qiziqarli uchrashuv natijasida ko’pgina ilmiy yutuqlar, iqtisodiy kelishuvlar, madaniyatlararo muloqot haqida muzokaralar o’tkazildi. Uchrashuv so’ngida TDSHU turk tili ustozlari va Turkiya professor-o’qituvchilari hamda talabalar bilan birgalikda ilmiy mavzular doirasida vebinar tashkil etildi
“Turkiya madaniyati kunlari” doirasidagi navbatdagi tadbir TDSHUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Turkiya madaniyati kunlari” namoyishi nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan, 2021-yilning 2-dekabrida navbatdagi tadbir uyushtirilib, unga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Ta’lim maslahatchisi Ali Eyyub Koca, Ichki ishlar boʻyicha maslahatchi Murat Karausta, Tijorat maslahatchisi Abdulloh Yavuz Turker, O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney, Turk-O‘zbek ishbilarmonlari Uyushmasi rahbari Erjan Bulutlar tashrif buyurdilar. Ular barcha qatnashchilar, talabalar bilan jonli muloqot qilib, qo’yilgan maqsad va vazifalar, kelajakdagi rejalar haqida fikrlar bildirishdi.
Muloqotdan so’ng yana talabalar tomonidan tayyorlangan turk she’riyati namunalari va qo’shiqlari namoyish qilindi. Uchrashuv so’nggida Turkshunoslik talabalari tomonidan turk tilida ijro etilgan o’zbek “Kelin salom” an’anasi barchaning ko’nglini xushnud etdi.
Madaniyat insonni ulug’laydi, dunyoqarashini kengaytiradi. Turli xalqlarning madaniyatlararo muloqoti natijasida esa ham til boyligi, ham tasavvur va taassurotlar kengayadi.
SHAPE \* MERGEFORMAT
HU Turk
filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Zebo Salimova"
Zebo Salimova , "TDSHU Turk filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi