UCHRASHUVDAN KATTA MAQSADLAR SARI
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Rektor va yoshlar” adabiy-ma'rifiy uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov, universitet prorektor va katta o‘qituvchi professorlari tashrif buyurdilar.
Tadbirning ochilishida maktabda 5 ta muhim tashabbus asosida tashkil etilgan to‘garak a'zolarining badiiy chiqishlari, “Iste'dod” drama to‘garak a'zolari tomonidan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidan kichik parcha ko‘rinishlari ijro etildi. Dastur davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti rektori Turobjonov Sadriddin Maxamaddinovich so‘zga chiqib, o‘quvchi-yoshlarga hozirgi kunda Vatanimizda yaratilayotgan sharoitlar va universitet hayoti haqida gapirib berdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir qizg‘in baxs va muhokamalarga to‘la o‘tdi. Tashkil etilgan tadbir o‘quvchilar va o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Faxriddin RAHIMOV