"Ulug‘ maqsadlar yo‘lidamiz"
"Ulug‘ maqsadlar yo‘lidamiz"
Davlatimizni ta’limga qaratilayotgan e’tibori har bir o‘qituvchi, har bir ustozni ruhlantiradi, kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida ta’lim sifatiga qaratilgan tizimli va mazmunli, puxta ishlangan rejalar to‘g‘risidagi ma’ruzalari biz o‘qituvchi, ustoz va murabbiylarni qalblarimizni behad quvontirdi. Men rahbarlik qilayotgan Shayxontoxur tumani 20-maktabda 1100 nafar o‘quvchiga 65 nafar o‘qituvchi ta’lim tarbiya-berib kelmoqdamiz. Barcha 65n nafar o‘qituvchi ustozlar bilan birma bir Prezidentimiz murojaatnomasini muhokama qilib o‘qib chiqish jarayonida, 70 ta yangi maktablar barpo qilinishi, 460 ta maktab kengaytirilishi. Xususiy investisiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanishi. Kelasi besh yilda 1000 tagacha maktab qurilish rejalari har bir o‘qituvchi, murabbiylarimizni behad quvontirdi. Ayniqsa, kelgusi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinflar uchun bepul ovqatlanish joriy etilishi kelajak avlodlarimizni yaxshi ta’lim olishiga qo‘yilgan muhim qadam ekanligidan dalolatdir. "Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi" dedi yurtboshi.
Shahnoza QOSIMOVA,
Shayxontohur tumanidagi 20-maktab rahbari