“Unutmas mening bog‘im!”
“Unutmas mening bog‘im!”
«Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘‘jiza bog‘ yaratib ketdi».
Moskvadagi Kinematografiya institutining senariy fakultetida (1929—30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat ta hs il olgan (1933—34). «{Quyosh bilan su h bat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Me h rim» (1936) kabi she’riy t o‘ plamlari, «Norbuta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi o‘ z va q tida havaskorlar teatri sa hn asida qo‘ yilgan. Pushkinning «Bo g‘ chasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini o‘ zbek tiliga tarjima krlgan. 1937 yil 13 iyulda «xal q , dushmani» sifatida xrbsga olinib, dastlab Magadan, s o‘ ngra Kemerovo viloyatlaridagi damodoonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda o‘ sha erda vafot etgan.
Prezidentimizning “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 125-sonli qarori bilan bu yil shoir yubileyi keng nishonlanadi. Usmon Nosirning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film suratga olish, spektakllar sahnalashtiriladi. Mamlakatimizdagi ta’lim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida Usmon Nosir ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda kitobxonlik kechalarini tashkil etiladi. Bizning maktabimizda hamm Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Unutmas meni bog‘im» mavzuida insholar tanlov o‘tkazilgan va g‘oliblari o‘z ijod namunalari bilan chiqish qilishadi.
“ Usmon hech yolg‘iz yurmasdi. Uyga ham hech qachon yolg‘iz kirib kelmasdi; yonida hamisha do‘stlari, o‘rtoqlari bo‘lardi. Kunlarning birida u besh-oltita o‘rtoqlarini mehmonga olib keladi. Ona o‘choq boshida ovqat tayyorlash bilan ovora bo‘ladi… Bir payt Usmon tashqariga chiqib, onasiga qo‘shnidan qarz olib bo‘lsa-da, do‘stlariga sigareta topib keltirishni iltimos qiladi. Yaqinda Qo‘qondan ko‘chib kelgan Nosir ota hali ishga joylashmagani sababli. oilada yetishmovchilik bo‘lsa ham, Xolambibi qo‘ni-qo‘shnilardan bironta narsa so‘ragani tortinardi. Ona o‘g‘liga ahvolni tushuntiradi. Shunda Usmon: «Aya, hech uyalma, qarz uziladigan narsa. Hali vaqt keladiki, mening o‘ligim ham seni boqadi!» deydi. O‘sha kuni bu voqeadan voqif bo‘lgan Nosir ota Xolambibining qo‘lidagi bittagina uzugini bir xalta sigaretaga almashtirib, Usmonning o‘rtoqlariga kiritib yuborgan ekan. Shularni eslab ona yuragi vayron bo‘ldi ” deydi shoirning jiyani Nodira Rashidova.
Хуршида СУЛТОНОВА
Яшнобод туманидаги 339-мактабнинг она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси