VATAN MEHRI YURAGIMDA
Mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yurtiga va oilasiga bo‘lgan mehr-sadoqat hissini oshirish maqsadida Yangihayot tumanidagi 331-maktabing yuqori sinf qizlari orasida faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turgan qizlar o‘rtasida “Vatan mehri yuragimda” tanlovi o‘tkazildi. Qizlar uchta shart doirasida: tanishtiruv, mantiqiy va aniq savol- javob, vatan madhiga bag‘ishlangan erkin mavzuda bellashishdi. Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqida she’riy tarjimayi hol aytib berdi. Ikkinchi shartda diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar haqidagi mantiqiy savollarga teran mushohada va qatiyat bilan javob berishdi.
Qizlarda qat’iyat, iroda va shukronalik, hayotda doimo g‘alabaga intilish va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tanlovning ahamiyati juda katta bo‘ldi. Ayniqsa,hur diyorimizni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar, mazmunli she’rlar yig‘ilganlar qalbidan joy oldi. Tanlovda 9-“E” sinf o‘quvchisi Ahmadjonova Shohsanam g‘olib chiqdi.Tanlov g‘olibi maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qizlar ongida insoniylik fazilatlarini shakllantirishda tashabbuskor shijoatli qizlarni kashf etishda, hayoli, iboli, oqila qizlarni tarbiyalashda ushbu tanlov katta saboq vazifasini o‘tadi.
lobar RAHMONOVA,
shu maktab o‘qituvchisi