Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati fargʻonalik bitiruvchilarning biologiya darsida qatnashdi
Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati fargʻonalik bitiruvchilarning biologiya darsida qatnashdi
Joriy yilning 31-mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Fargʻona shahridagi 40-umumtaʼlim maktabida boʻlib, mavjud sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur jarayonda 11-sinf oʻquvchilarining STEM laboratoriya xonasida oʻtilayotgan biologiya darsida ishtirok etib, ularga kelajak kasblarini egallash va badiiy kitoblar oʻqish hamda taʼlimga tengdoshlarini qiziqtirish yoʻllari boʻyicha tavsiyalar berildi. Mamlakatning rivojida har bir kasbning alohida oʻrni borligi va hech qaysi kasb kamsitilmasligi rivojlanayotgan har bir davlatning kun tartibidagi masalalardan biri ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Oʻquvchilar vazir bilan suhbat jarayonida taʼlim sifatiga qiziqishi past boʻlgan, ijtimoiy tarmoqda samarasiz vaqt oʻtkazayotgan tengdoshlari bilan koʻproq muloqotda boʻlish, boshqa maktab oʻquvchilari bilan hamkorlikda ilm olish muhim ekanligi haqida fikr bildirdi.