Yangi dargohlardagi yangi imkonlar
Yangi dargohlardagi yangi imkonlar
Ilm dargohi hisoblangan maktab bolalik va o‘smirlikning jo‘shqin onlarini yodga solib turadi. Barcha ezgu xotiralar,yurakni orziqlantirib turuvchi voqealar ham qadrdon maktab davriga borib taqaladi. Bunday tarixiy xotiralarning barchasiga maktab yagona guvohdir.
Beshariq tumanidagi Zarqaynar qishlog‘i aholisining ham ana shunday yodida muhrlanib qoladigan ajoyib unutilmas voqea sodir bo‘ldi. Bu aholini va ularning farzandlarini necha yillik orzulari hisoblangan yangi va zamonaviy naktabning qurib topshirilishidir.
Prezidentimizning yosh avlodga qaratayotgan e’tiborlari, ularni qo‘llab-quvvatlashlarining nihoyasi ko‘plab ulkan yutuqlarga sabab bo‘lmoqda.
Qishloq aholisining necha yillik ushalmay kelayotgan armonlari bugun qishloq markazidagi 3-maktabi o‘rnida ushbu binoning qayta zamonaviy usulda ta’mirlash va qo‘shimcha 420 o‘rinli 3 qavatli yangi binoning ishga tushirilishi bilan yakun topmoqda. Bundan barcha qishloq aholisi va maktab o‘quvchi, ustozlarining quvonchlari cheksiz. Ko‘zni quvontiradigan ushbu bino barchani birdek o‘ziga jalb qilmoqda. Mana shunday go‘zallikdan bahramand bo‘lgan qishloq aholisi ham qo‘llaridan kelganicha quruvchi va jamoaga ko‘maklashishga oshiqishdi.
Biz Zarqaynar qishlog‘i aholisi va maktab jamoasi ushbu go‘zal maskanni bizga taqdim etgan mutassadi rahbarlar: Respublika xalq ta’limi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi, Beshariq tuman hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi; yozning jaziramasiga qaramay o‘z kuch-g‘ayratlarini maktab qurilishiga sarf etgan “Farg‘ona Me’mor qurilish” JChJ quruvchi va rahbarlariga, qolaversa, Prezidentimiz Sh. Mirrziyoyevga chuqur minnatdorchilik bildiramiz va Vatanimiz ravnaqiga o‘z yutuqlariniz orqali hissamizni qo‘shamiz.
Maktabimizning ijodkor 10-“B” sinf o‘quvchisi Komiljonova Shahnoza esa o‘z tuyg‘ularini ijodlari orqali izhor qilmoqda:
Prezident bobomiz tashabbusidan,
Qishloq yoshlari ham chetda qolmadi.
Azaldan qilingan orzu-umidlar,
Bugun bizlar uchun armon bo‘lmadi.
Yangi maktab, yangi sharoit
Yangi imkon mujassam bo‘ldi.
Shunday shukronalik kunlarni ko‘rib,
Dillarimiz quvonch, shodlikka to‘ldi.
Ilmga chanqoq o‘g‘il-qizlarning,
Quvonchlari ichga sig‘may turibdi...
Yana bir sobiq o‘qvchilardan, hozirda O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabasi Muhammadjon Haydaraliyev esa o‘z ijodini maktab tilidan bayon etmoqda:
Men beg‘ubor tuyg‘udan toshgan
Daryo kabi bir qalqib oldim.
Bir to‘kilib oldim, so‘ng yana
Boshga zalvor toj taqib oldim…
Dilfuza G‘ANIYEVA ,
Beshariq tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi