Yil o‘ylari
HURMATLI HAMKASBLAR!
2022 – 2026-yillar mobaynida viloyatimizda 37 ta yangi umumtaʼlim maktabi barpo etiladi. 258 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 215 tasi mukammal taʼmirdan chiqariladi. 2022-yilda 730 ta maktab 438 ming oʻquvchi oʻrniga ega boʻlsa, 2026-yilda bu raqam 757 ta maktabda 510 ming oʻquvchi oʻrnini tashkil etishi kutilmoqda. 19 ta 3 800 oʻrinli xususiy maktab ochish rejalashtirilgan. Viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida 524 ming nafar oʻquvchi boʻlsa, 2026-yilga kelib, ular soni 631 ming nafarga yetishi kutilmoqda. 2022 – 2026-yillarda viloyatimizda matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan 18 ta, kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan 15 ta, informatika faniga ixtisoslashtirilgan 18 ta, chet tillariga ixtisoslashtirilgan 8 ta maktab tashkil etish rejalashtirilgan.
Farzandlarimizga zamonaviy bilimlarni chuqur oʻrgatish, umumtaʼlim fanlarini mukammal oʻqitishga eʼtibor qaratgan holda bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga qamrovi eng muhim masala sifatida kun tartibida turadi. 2022-yilning oʻzida bitiruvchilarning 35,1 foizini yoki 11 598 nafarini oliy taʼlim muassasalariga qamrab olinishiga erishish borasida ish olib boramiz. Sport sohasida viloyatimiz oʻquvchilari jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2020 - 2021 oʻquv yilida jami 266 ta sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. Boshqacha aytganda, viloyatimiz oʻquvchi - yoshlari birgina xalqaro miqyosdagi musobaqalardagi natijalar bilan 56 ta oltin, 78 ta kumush, 132 ta bronza medallari sohibiga aylandilar. Yangilanishlar yoʻlidan dadil odimlab borayotgan ozod diyorimiz bayram tarovatiga toʻlgan shunday quvonchli kezlarda bu kabi zafarlar haqida soʻz yuritish mamnuniyat bagʻishlaydi.
QADRLI HAMKASBLAR, AZIZ SOHAMIZ FIDOYILARI, HAYOTI VA FAOLIYATINI YoSh AVLOD KAMOLI BILAN BOGʻLAGAN SHARAFLI KASB EGALARI!
Soʻzim yakunida barchangizni yana bir bor Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, 2022-yil barchamiz uchun yutuq va muvaffaqiyatlar, zafarlar yili boʻlishini tilayman. Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, el-yurt ravnaqi, yosh avlod kamoli yoʻlidagi faoliyatda shijoat yor boʻlsin!
567 ta maktabda ichki va tashqi yoritish tizimlari taʼmirlandi. 2021-yilda 3 960 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan Davlatobod, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Uychi, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 1 ta, Yangi Namangan tumanida 2 tadan, jami 8 ta maktab yangidan qurildi. 94 ta umumtaʼlim maktabi 17 mlrd. 667, 2 mln. soʻm mablagʻ hisobiga jihozlandi. Shundan, 39 ta investitsiya dasturi, 21 ta “Obod qishloq” dasturi, 24 ta PISA tadqiqotlari oʻtkaziladigan maktablar, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga 23 turdagi mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, musiqa va sport jihozlari yetkazib berildi.
Davlat investitsiya dasturi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosidagi bunyodkorliklar qamrovi ham ortib bormoqda. 2021-yilning oʻzida investitsiya dasturi asosida 38 ta umumtaʼlim maktabida (jumladan, 8 ta yangi qurilish, 23 ta rekonstruksiya va 7 ta mukammal taʼmirlash) qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun jami 243,77 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada, qoʻshimcha 10343 oʻquvchi oʻrni yaratilib, mavjud 11572 oʻrinli oʻquv binolari mukammal taʼmirlandi hamda 11 ta yangi sport zal (8 ta yangi qurilish obyektlarida va 3 ta rekonstruksiya obyektlarida) binolari qurildi.
Ushbu yoʻnalishdagi amaliy saʼy-harakatlar koʻlami 2022-yilda ham davom ettiriladi. Yangi yilda mazkur dasturlar asosida viloyatimizda 21 ta umumtaʼlim obyektlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Ularning 6 tasi yangi qurilish, 10 tasi rekonstruksiya va 5 tasi mukammal taʼmirdan iborat boʻlib, ushbu bunyodkorliklar uchun 129,94 mlrd. soʻm mablagʻ sarf etilishi koʻzda tutilgan.
Viloyat hokimining Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasidagi 2021-yil yakunlari va 2022-yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan murojaatnomasida ham taʼlim sohasidagi bunyodkorliklar alohida oʻz ifodasini topdi. Unda qayd etilganidek, hududlarda maktablarni moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida kelgusi yilda viloyatimizda 6 ta yangi maktab quriladi, 15 ta maktab rekonstruksiya qilinib, kapital taʼmirlanadi. Shuningdek, 115 ta maktab 1 840 dona zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlanadi. Viloyatda 3 ta matematika va fizika, 4 ta kimyo va biologiya, 3 ta informatika fanlarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.
Yosh avlodni sogʻlom va barkamol, har jihatdan yetuk kamol toptirish ham eʼtibor markazida boʻlib, sport zali mavjud boʻlmagan 21 ta maktabda zamonaviy sport zal barpo etiladi.
Bugungi taraqqiyot asri talablari va davr shiddati oʻquvchi-yoshlarga umumtaʼlim fanlarini mukammal oʻrgatish barobarida ularda kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirib borishni ham taqozo etmoqda.
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va ularda oʻzlari qiziqqan maʼlum bir soha bilan shugʻullanish ishtiyoqini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan bu borada Namangan tajribasi asosida umumtaʼlim maktablarining 9-, 11-sinf oʻquvchilarini asosiy taʼlim jarayonlaridan boʻsh boʻlgan vaqtlarida kasb-hunarga oʻqitish ishlarini tashkil qilish maqsadida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Namangan shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazi oʻrtasida “Hamkorlik Memorandumi” imzolandi. Ushbu memorandumga asosan Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan tumani, Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 10 mingdan ziyod oʻquvchi monomarkazdagi 26 turdagi kasb-hunar boʻyicha jarayonlarga qamrab olinadi. Bu bilan kelajagimiz egalari kasb-kor sir-asrorlarini mukammal oʻrganish boʻyicha oʻqish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Shuningdek, ushbu tajribani tumanlarda tashkil etilgan kasb- hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga, professional taʼlim muassasalari, xorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish kurslarida ham tashkil etiladi. Shuning natijasida viloyatdagi jami 102 109 nafar 9-, 10- va 11-sinf oʻquvchilarining 62 019 nafari, yaʼni 60 foizi qamrab olinib, 11-sinfni tamomlagandan soʻng attestat bilan birgalikda kasb-hunar sertifikatiga ega boʻlishlariga erishiladi.