Yoz o‘tmoqda soz
Yoz o ‘ tmoqda soz
Vobkent tumanida joylashgan “Porloq kelajak” bolalar oromgohi har yili o‘z quchog‘iga 180 nafar bolani qabul qiladi. Toza suvi, havosi, ko‘plab sersoya daraxtlar h ordiq chiqarayotgan bolalarning salomatligi mustahkamlanib, to‘g‘ri rivojlanishlari, sog‘lom va quvnoq vaqt o‘tkazishlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Oromgohda bolalar dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, suv basseynlari, sport majmualari, to‘garaklar, kutubxona, madaniy dam olish uchun mo‘ljallangan sahnalar mavjud.
Hozirda ikkinchi smenada bolalar maroqli dam olmoqda. Bu esa ularning sog‘lom fikrlaydigan, yetuk, barkamol, yurt uchun nafi tegadigan yoshlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom mu h itni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida bu yerda dam oluvchi o‘quvchi yoshlarimiz orasida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida insholar, rasmlar tanlovi, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalari keng turda o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon”, “Oromgoh yulduzlari”, “Bizning oromgoh bergan saboqlar”, “Iste’dodlarni izlaymiz”, “Farzand sog‘lom bo‘lsa - ona baxtiyor” mavzusida tanlovlar, “Tilaklar guldastasi”, “Dilkash davra maskanlari” bayram dasturi namoyish qilinmoqda.
Bolalarni iqtidorini qo‘llab quvvatlash maqsadida, guruhlar o‘rtasida har xil mavzudagi sahna ko‘rinishlari, spektakllar, ertaklar va musiqiy dasturlar o‘tkazilmoqda.
Ayniqsa, oromgohda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidan tashrif buyurgan 30 nafar o‘quvchi-yoshlarga boshqacha taassurot uyg‘otdi.
Tabiat qo‘ynida h ordiq chiqarish, sport o‘yinlari va musobaqalar, yangi do‘stlar bilan muloqot imkoniyati, tanlovlarda ishtirok etish – menga katta zavq bag‘ishlaydi deydi, o‘quvchilardan biri N.Aymaganbetov.
Yusuf NASULLAYEV,
Vobkent tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog, leytenant