YURT TARAQQIYOTI YO‘LIDA BIRLASHAYLIK!
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan joriy yil 8-noyabr kuni 41-maktabda tizimdagi Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun “KASABA UYUSHMALAR KUNI” munosabati bilan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik! ” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman bo‘linmasi kengashi raisi Dilnora Ulmasova ochib berdi.
2020-yil 11-noyabr kuni Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi xaqida xamda Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasining VIII Qurultoyi ishtirokchilariga bayram tabrigini va ushbu tabrikda 11-noyabrni “KASABA UYUSHMALAR KUNI” deb belgilash taklifini berganlari xaqida gapirib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilarini Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi bosh mutaxassisi Axrorov Baxodir Djabbarovich, tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lim mudiri Osiyo Abduraxmonovna, O‘zbek Milliy drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov, “Saodat” jurnali kotibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Qutlug‘beka Rahmonova tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladilar.Tadbirga shu tumanda ko‘p yillar mehnat qilib kelgan faxriy kasaba uyushma qo‘mita raislari ham taklif etildi.
Bayram tadbirida sohaga oid boshqotirmalar, mehnat kodeksi bo‘yicha tezkor savol-javoblar va kasaba uyushma qo‘mita raislari ishtrokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat kilib kelayotgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuskorligi, shuningdek, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan 80 nafar kasaba uyushmasi faollari tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari xamda faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.