Zakovatli yoshlar maydoni
Zakovatli yoshlar maydoni
Bugun yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan intellektual o‘yinlar keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Uzun tumanidagi 12-umumiy o‘rta talim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oyinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar togrisida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan “Zakovat” o‘yini har hafta doimiy o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi o‘tkazilgan o‘yinda 13 ta jamoa ishtirok etib, shulardan “Tafakkur bilimdonlari” jamoasi 1-o‘rinni, “Kiberlar” jamoasi 2-o‘rinni, “Bilimdon” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘yinda faol ishtirok etgan “Ma’rifat” jamoasi a’zolari ham munosib rag‘batlantirildi. G‘olib jamoa a’zolaridan A.Hamroyev: “Bugungi kunda “Zakovat” barcha o‘quvchi-yoshlarning sevimli o‘yiniga aylanib ulgurdi. Jamoamizning har bir a’zosi haftaning juma kunini orziqib kutadi.Har bir jamoa o‘tgan turnirdan keyin eng qiziqarli savol ustida bahs-munozara olib borib, keyingi turnirni intiqlik bilan kutadi”, deydi.
Yoshlarni biriktirib, ilm olishga, izlanishga, o‘rganishga undayotgan “Zakovat” o‘yinlari zukko yoshlarni yuksaklik sari ildam odimlashlari uchun pillapoya bo‘lmoqda.
Muyassar SUVONOVA,
12-sonli maktab “Zakovat” koordinatori