ZAMONAVIY MAKTAB
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda zamonaviy maktablar qurilmoqda. Borlari kapital ta’mirlanmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Arslonboyli mahallasi hududida joylashgan 18-umumta’lim maktabi ham bugungi kunda butunlay yangi qiyofaga kirdi. Ta’lim maskani yangi zamonaviy maktablar qatoriga kiritildi. Ayni paytda maktabimizda zamonaviy sport zal barpo qilingan bo‘lib, u yer sport anjomlari bilan jihozlangan. Shuningdek, dargohimizda kompyuter xonasi ham ishlab turibdi.
Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida meni quvontiradigani – tabiiy fanlar uchun mo‘ljallangan yangi laboratoriya xonasi tashkil etilgani bo‘ldi. Xona kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Darslar, tabiiy fan to‘garaklari ushbu xonada zamonaviy usullar yordamida o‘quvchilarga o‘rgatilmoqda. Bolaajonlarimiz esa shunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, kelajakda O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantiradigan buyuk olimlar bo‘lib yetishishiga ishonamiz
Zarnigor JABBOROVA