Zavqiyning "Ahli rasta hajviyasi"
Bugun JDPI akademik litseyu IG(filologiya) yo'nalishi II kurs 209- guruhda " A. Fitrat hayoti va ijodi" maxzusida noan'anaviy Ochiq dars bo'lib o'tdi. Uni mahoratli bosh o'qituvchilarimiz: Xoljo'rayev To'lqin va Abdumalikova Dilfuzalar o'tishdi. Ushbu dars " Keys stadi" usulida tashkil etildi. Ochiq dars uchun sinf maxsus jihozlangan: A. Fitrat ijodini aks ettiruvchi burchak, milliy burchak tashqil qilingan va sinf ham shunga yarasha jihozlangan. Sinf to'rt kichik guruhga bo'lingan, ularning har biriga nom berish ham o'zgacha usulda tashkillashtirildi, y'ani o'tilgan ijodkorlarga oid muhim ma'lumotlarga taalluqli savollarga javob berish orqali " Muqimiy", "Zavqiy", "Furqat" va "Fitrat" nomlari berildi. O'tilgan mavzu quyidagi to'rt shart asosida so'raldi: Noto'g'ri ma'lumotlarni to'g'irlang, Kuyni tinglab, she'r matnining muallifini aniqlang, Tushirub qoldirilgan obrazlarni tiklang( Zavqiyning "Ahli rasta hajviyasi" asosida), she'riy san'atlarni aniqlang(Furqatning " Fasli navbahor o'ldi.." g'azali asisida). O'qituvchilar dars avvalida yer yuzida va mamlakatimizda bugungi sana bilan bog'liq bo'lgan muhim ma'lumotlarni taqdim etishdi. Darsning asosiy qismi: " Yangi mavzu bayoni" ham juda chiroyli va mazmunli tashkil etilgan. Qizig'i shundaki, uni o'qituvchilar emas, balki kichik guruh a'zolari saviyali namoyish qilishdi. O'quvchilar Fitrat ijodini to'rt yo'nalish: Fitrat - shoir, Fitrat - yozuvchi va publisist, Fitrat - olim va Futrat - dramaturg bo'yicha o'z mahoratlarini tayyorlab kelgan didaktik materiallari asosida qoyilmaqom ijro qilishdi. Ularning tayyorlab kelgan mahsulotlari ham juda yaxshi. Ayniqsa, Samandar Toirov ( " Yurt qayg'usi" ), Shahobiddin Yo'ldoshev ( " Temur sag'anasi" sochma she'rlari, Oxun Baxtiyorov va Samandar Toirovlar tayyorlagan sahna ko'rinishi ("Abulfayzxon")bir ovozdan hammaga manzur bo'ldi. Darsning mustahkamlash qismi ham o'zgacha tashkil qilingan: " Zakovat" sandiqchasi va barabani tashkil qilinib, 5 raundlik savollar asosida o'quvchilarning mantiqiy fikrlashi sinovdan o'tkazildi. O'quvchilarni baholash tizimi ham yangilik bo'ldi. JDPI akademik litseyi ma'muriyati T.Xoljo'rayev va D.Abdumalikovlalarga bugungi ma'naviyat darsi uchun minnatdorlik bildiradi.