Ziyolilik baxti
Ziyolilik baxti
Har qanday jamiyatning olimlari, ziyolilari, ayniqsa, ota- onalar millatning ma’naviy dunyosi qashshoqlashmasligi, axloqi buzilmasligi, soxta va buzg‘uvchi e’tiqodlar va madaniyatlar ta’siriga tushib qolmasligiga mas’uldirlar, deb yozgan edi bir mutafakkir. Haqiqatan, shunday. Bu borada har qanday ta’lim muassasalari xodimlari juda sergak bo‘lishlari shart. Ta’lim berish bilan tarbiyani uyg‘unlashtirsa, kelajakda yoshlarimiz haqiqiy vatanparvar, insonparvar va oilaparvar bo‘lib ulg‘ayishadi. Buning uchun esa yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishimiz, uarni foydali va amal qiladigan to‘garaklarga jalb qilib, bilim deb ataluvchi javohirlarini ko‘paytirib, axloq deb ataluvchi oltinlariga ishlov berishimiz, aql deb ataluvchi olmoslarini yarqiratishimiz va dunyoqarash deya nomlanuvchi sandiqchalarini boyitishimiz zarur. Yurtboshimiz Sh.Miromonovichning shaxsan o‘zlari yoshlarimizni ilm-ma’rifatga targ‘ib qilishni kuchaytirish doirasida ularni ko‘proq kitob o‘ qishga jalb qilish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Mana shu tashabbusning mevasi o‘laroq bugun Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, shoir Muhiddin Abdusamat, bosh mutaxassis Ahmad To‘ra, vohami z ning iste’dodli shoiri Shodi Otamurodlar ishtirokida she’riyat kechasi tashkil etildi. Shoirlarimiz o‘z nutqlarida adabiyotning insoniyat, xususan, yosh avlodning komil inson bo‘lib ulg‘ayishida ahamiyati beqiyos ekanligini alohida ta’kidladilar va o‘zlarning she’riyat deb ataluvchi sandiqchalarining ichidan eng sara ijod namunalarini o‘quvchilarga tuhfa qilishdi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchiar uyushmasidan 200 (iki yuz) dona kitobni tuhfa qilishdi. Ona tili va dabiyot fani o‘qituvchisi T.Xojo‘rayev saboq berayotgan ijodkor o‘quvchilar: Olimjon Jamolov, Gulsanam Hasanova va Diyorbek Xo l mo‘minovlar o‘zlarining va taniqli shoirlarning she’rlaridan mehmonlarga tortiq qilishdi. She’riyat kechasi nihoyasida litseyimiz direktori Jasur Narzullayevich O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri Sirojiddin Sayyid rahbarlik qilayotgan Yozuvchilar uyushmasiga minnatdorlik bidirib, so‘z teruvchilarga litseyning tashakkurnomalarini armug‘on qildi. Bugungi kun o‘quvchilarning qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. Negaki tirik shoirlarni ko‘rish, ularning o‘zlaridan she’r eshitish bir BAXTda!