“Zudlik bilan o‘qituvchilardan uzr so‘rang!”
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov: “Birgina masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ta’lim sohasiga — Xalq ta’limiga bugun 10 trillion so‘m atrofi da mablag‘ ajratilyapti va bu mablag‘ning 1.7 trillion qismi (maktab binolarining) qurilishga yo‘naltirilgan. Shu yerda savol tug‘iladi, ehtimol, biz shu 10 trillion so‘m mablag‘ning juda ka tt a qismini o‘qituvchilarning oylik maoshlarini oshirishga ishlatayotgandirmiz. Balki, SAVIYASIZ O‘QITUVCHIGA YUKSAK OYLIKNI BERISHDAN KO‘RA bugungi muhitdan kelib chiqib, maktablarning qurilishiga ko‘proq investitsiya yo‘naltirarmiz. Ana shunda biz kelajak uchun to‘g‘ri qarorni qabul qilgan bo‘larmiz…”. A.Qodirovning bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda kezinayotgan shu gaplari telegramdagi “Ma’rifat” mushtariylari” guruhini chinakamiga “portlatdi”. Quyida mavzu yuzasidan hamkasblaringiz bildirgan fi krlarni e’tiboringizga havola qilamiz:
Aziz BEK: — Yangi maktablarni qurganingiz bilan ularda ham, sizning ta’biringiz bilan aytganda, o‘sha “saviyasiz” o‘qituvchilar ishlaydi-ku...
Shoira BOZOROVA, Romitan tumanidagi 1-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi: — Hamma o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tib o‘zining saviyasiga yarasha oylik olmoqda. O‘qituvchi “saviyasiz” deb dod-voy qilishning hojati yo‘q.
Safarali SIDDIQOV , Kasbi tumanidagi 10-maktab o‘qituvchisi: — O‘qituvchilarni tinch qo‘yishsin. Televizorni u kanalga olsak ham, bu kanalga olsak ham o‘qituvchi. Tadqiqot o‘tkazaman degani ham ta’limga o‘zini uradi. Maktab tajriba maydonimi to‘g‘ri kelgan burnini suqadigan? Mana, masalan, “yetuk” olimlarimiz ona tili darsliklarimizning oyog‘ini osmondan qilib tashladi. Yangilik emish. Chiqargan darslikdagi ma’lumotlarni o‘quvchiga umuman yetkazib bo‘lmayapti.
Normamat ESHONQULOV, Oltinsoy tumanidagi 6-maktabning tarix fani o‘qituvchisi: — Salkam qirq yildan buyon ta’lim sohasida xizmat qilib kelayotgan bo‘lsam-da, ta’limimiz kelajagidan rostmana xavotirni ilk bora his qilyapman.
Alisher Qodirovning gaplari shunchaki o‘z so‘zlarini to‘g‘ri bayon qila olmaslik, yoki oddiy populizm. Ammo ta’limimizda bir qator tashvishli jihatlar ro‘y bermoqdaki, ular sekinlik bilan o‘z kuchini ko‘rsatib, ma’nivayatsizlik sari yetaklamoqda. Sanab o‘tsam: 1. Ona tili va adabiyot dars soatlari qisqardi. 2. XTV tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Huquq bilimdonlari” tanlovi yo‘q qilindi. 3. Huquqshunoslik va iqtisodiyotdan fan olimpiadalari bekor qilindi. 4. Fan olimpiadalari uchun imtiyoz bekor qilindi va uning o‘rniga bilimsiz, chalasavodlar uchun o‘nlab imtiyozlar o‘ylab topildi. 5. DTMning korrupsiyalashgani fakti hatto isbotlansa ham e’tibor bermaydigan darajaga keldik. 6. Pensiyadagi o‘qituvchilar uchun 6 soatlik shartnoma taklif qilinishi, ta’limning so‘nggi fi doyilarini supurib tashlash bo‘ladi. O‘n yillab pensiyaga chiqmay yoki yarim pensiyaga ishlagan fidoyi ustozlarni bilaman. Ularga endi maktab eshiklari, menimcha, yopildi. 7. Yoshlar ittifoqi rahnamoligida “Ajdodlar merosi” tanlovi bo‘lardi... Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan. 8. Attestatsiya tizimining noto‘g‘ri, qonunlarga (qonunda ham kamchilliklar bor) zid tashkil etilishi... 9. Ustama berishning inson omiliga bog‘liqligi... Bu ketishda Behbudiy hazratlarining “Turkiston yoshlariga ilm bering ...” degan vasiyatlarini bajara olamizmi?
Karimjon ERGASHEV, Pop tumanidagi 17-maktab o‘qituvchisi: — Bunga o‘qituvchi saviyasidan ko‘ra maktab qurilishidan ko‘proq o‘marish mumkinligi sabab emasmikan? Oliy ma’lumotli bo‘lsam-da, shuni yaxshi anglamabman. Birorta ham YANGI maktabni bekam-u ko‘st ko‘rmadik. Qo‘shni qishloqdagi maktabning qurilganiga ikki yil bo‘lsa-da, hali partalari to‘liq yetib kelmagan.
Vasilaxon QAHHOROVA : — “Saviyasiz” o‘qituvchin ing “yuksak” oyligi qanchalig ini bilarmikan o‘zi bu akalar? O‘ldim deganda ularnikidan besh barobar kamdir. Balki, ularning bolasini chindan ham faqat ishini o‘ylaydigan, kamchiligi yo‘q “saviyali” o‘qituvchilar o‘qitgani uchun bebaraka oyligini uchma-uch zo‘rg‘a ro‘zg‘orga yetkazadigan biz “saviyasiz”larni tushunmas.
Nusqa TUROBOVNA : — Yashang, aka, haq gapni aytdingiz! 1 o‘qituvchiga 500 ming so‘mlar atrofida oylik to‘lash kerak, qolganini maktablarning qurilishiga ishlatish lozim. Shunda qirq-yuz yillardan keyin o‘qituvchining oyligi 1000 dollar bo‘ladi, Xudo xohlasa. Ammo u vaqtlarga kelib yer yuzida o‘qituvchilar qirilib ketsa kerak. Ming dollar oylikni muzeylarda saqlangan suyaklarga berasizlar-ov.
Sanobar XO‘JAMURODOVA, Amudaryo tumanidagi 40-maktab direktori: — O‘sha mablag‘ni o‘n ikki oyga, keyin mavjud 10 ming maktabga, undan so‘ng jami o‘qituvchi soniga bo‘ling. Va siz aytgan “yuksak” oylikning asli ko‘rinadi.
Muzaffar ISMOILOV, Andijon tumanidagi 38-maktab o‘qituvchsi: — Alisher Qodirov ma’ruzasidan so‘ng “O‘tkan kunlar”: Yusufbek hoji: “O‘qituvchilarimizning saviyasi past bo‘lsa ham otning kallasidek oylik olar ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da!”. “Graf Monte Kristo”: “Edmon, yovuzlikni yengib bo‘lmaydi. Unga qarshi kurashishning o‘zi baxtdir”. DOMLAJON: — Beshta partiyadan birining rahbari, kamiga Oliy Majlis Spiker o‘rinbosari sifatida o‘qituvchilarga nisbatan bunday munosabat bildirilishi o‘ta noprofessional ish bo‘ldi. Budjet taqsimoti bilan shug‘ullanuvchilar orasida o‘qituvchilarning mana shunday arzimagan oyliklarini katta ko‘rib, trillionlar ketyapti, deya vahima qiluvchilar bor va ular juda ko‘pchilikni tashkil etishi mumkinligiga signal. Bu shunisi bilan qo‘rqinchliki, siz-u biz 18–20 soat dars stavkasini 16–18 soatga tushirishni talab qilayotgan, o‘qituvchilar oyligi bir oilani boqishga yetma yapti deya hukumatdan najot kutayotgan paytimizda mana bunday deputatlarimiz
o‘qituvchilarga 7-8 trillion oylik ketyapti, deb tursa, oxirgi umidimiz ham uziladi.
Iroda OSTONOVA, G‘ijduvon tumanidagi 5-maktab o‘qituvchisi: — Saviyalilar nega bir sinfda o‘quvchi sonini 25 taga tushirishni o‘ylamaydilar? Mr ESPERANTO: — O‘qituvchi bo‘lib 5 yil oldin xarobada yotib paxta terdik, yozda kechalari bug‘doyga bordik, vaqti kelganda amaldorlarning o‘tishi uchun ko‘cha tozaladik. Lekin o‘shanda hech kim oyliging qancha edi, deb so‘ramagandi!
Dildor NURMUHAMMEDOVA, Termiz shahridagi 23-maktab o‘qituvchisi: — O‘qituvchi hayotni tanitadi. O‘zini shaxs deb bilganlarning hayotni tanitganlaridan tonishi — o‘zini, o‘zligini tanimasligidan, tan olmasligidan dalolatdir.
Adash AHMEDOV, Urgut tumanidagi 8-maktab o‘qituvchisi: — O‘qituvchilik kasbi eng og‘ir kasb. Alisher Qodirov bir oy o‘qituvchilik qilsin, muallimlikning ma shaqqatini
“Zudlik bilan o‘qituvchilardan uzr so‘rang!” “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov: “Birgina masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ta’lim sohasiga — Xalq ta’limiga bugun 10 trillion so‘m atrofi da mablag‘ ajratilyapti va bu mablag‘ning 1.7 trillion qismi (maktab binolarining) qurilishga yo‘naltirilgan. Shu yerda savol tug‘iladi, ehtimol, biz shu 10 trillion so‘m mablag‘ning juda ka [1] a qismini o‘qituvchilarning oylik maoshlarini oshirishga ishlatayotgandirmiz. Balki, SAVIYASIZ O‘QITUVCHIGA YUKSAK OYLIKNI BERISHDAN KO‘RA bugungi muhitdan kelib chiqib, maktablarning qurilishiga ko‘proq investitsiya yo‘naltirarmiz. Ana shunda biz kelajak uchun to‘g‘ri qarorni qabul qilgan bo‘larmiz…”. A.Qodirovning bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda kezinayotgan shu gaplari telegramdagi “Ma’rifat” mushtariylari” guruhini chinakamiga “portlatdi”. Quyida mavzu yuzasidan hamkasblaringiz bildirgan fi krlarni e’tiboringizga havola qilamiz:
tushunib yetadi. O‘qituvchining “yuksak” oyligi qanchaligini bilib oladi, agar muallimlik oson bo‘lsa, farzandla riniyam shu kasbga yo‘naltiradi...
Dilfuza SUVONOVA, Yangiyo‘l tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi: — Bizning sabrli ekanligimiz ularga qo‘l kelyapti. Istagan gaplarini aytyapti, istagan ishlarni qilyapti. Nega hammaning ko‘ziga o‘qituvchi ko‘rinaveradi? Nega bir siqim ham chiqmaydigan maoshiga, yo‘q bo‘lib ketgan obro‘siga osilaveradi? Xafa bo‘lib ketyapman. Yaqinda bo‘lgan bir holat. Sinfxonamni bir amallab ta’mirladim. Hokimimiz maktabimizga kelgan ekan. Mening xonamga olib kirishibdi. Remontim yoqmaganmish. Pol qiyshiqroqmish. Eshit ib yig‘lashimni ham bilmay qoldim. Ustaga yalinib ta’mirlatgandim. Men undan bo‘yoq so‘ramadim, usta haqi so‘ramadim. Mehnatim qadrsizlangani alam qildi.
Norchuchuk NORMURODOVA, Shahrisabz shahridagi 16-maktab o‘qituvchisi: — O‘qituvchi — uqtirguvchi, o‘rgatuvchi, ziyoli inson. Ziyolilar nur taratadi, ig‘vogarlik qilmaydi. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz. O‘z qad rini bilmagan, o‘qituvchilarning qadrini bilarmidi... Bizning kimligimizni el bilsa bo‘ldi, deputatlar emas.
Sanobar BERDIYEVA, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 286-maktab o‘qituvchisi: — Saviyasiz o‘qituvchiga “yuksak” oylik beryapmiz deb bong urguncha, o‘sha saviyasiz kadr kimlar tomonidan o‘qishga, ishga kiritilayotganini aniqlang. Ho‘l-u quruqni baravar yoqquningizcha, minbarlarda shunday shasht bilan maktab lar qurilishidagi talon-torojliklar haqida ham gapirib turingizlar.
Sahifani Humoyun QUVONDIQOV tayyorladi.