Zukkolar ishtirokida xotira turniri
Umumiy o‘rta ta’lim
22 / 02 / 2022
Qorovulbozor tumanidagi 8-IDUM direktori Aziz Primov tashabbusi bilan umumta'lim maktablari 4-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Xalq ta'limi a'lochisi Primov Ismoil Parmonovich xotirasiga bag'ishlangan matematik olimpiada o'tkazildi. Olimpiadani tuman XTB mudiri D. Rahmatova ochib berdi.Tadbirda Ismoil Primovning hamkasblari I.Salomov , shogirdlari F. Ahmedova va nevaralari o'z fikrlarini bildirdilar. Tadbirda she'rlar va ustoz I.Primov haqida iliq xotiralar aytildi. Olimpiadada ishtirok etib, faxrli birinchi o'rinni egallagan o'quvchilar 200 ming so'm, ikkinchi o'rin sohiblari 150 ming so'm, uchinchi o'rinni egallagan o'quvchilar esa 100 ming so'mdan pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandilar. Zukkolar do'stona ruhda bellashdilar.