Zulfiyaxonimni yod etib
Zulfiyaxonimni yod etib
Sabr-matonat, metindek iroda, jasorat va sadoqat kabi xislatlarni o ‘ zida mujassam etgan, bahor timsolining naqshinkori Zulfiya Isroilova o ‘ zbek adabiyotiga salmoqli hissa qo ‘ shgan shoira sifatida har yili bahorning ilk kunida yod etilib, tavallud kuni keng nishonlanadi. Zulfiyaxonim ijodiga katta qiziqish uyg ‘ otish kuchli, serqirra ijodini kelajak avlodga yetkazish esa biz ustozlarning zimmasidagi vazifadir. Zulfiyaxonimning 107 yilligini nishonlash maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 203-maktabning 6-,,B’’ sinf o ‘ quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, Zulfiyaxonim haykali poyiga gul qo ‘ yishdi.
So‘ng shoira hayoti va ijodi haqida she’r-u qo ‘ shiqlar aytildi, davra suhbati o ‘ tkazildi. O ‘ quvchilar katta hayajon, olam-olam taassurotlar bilan ortga qaytishdi. “Men ham Zulfiyadek shoira bo ‘ laman”, deydi Obiddinova Muslimaxon sayohat haqidagi taassurotlarida. Barcha o ‘ quvchi qizlarning ham qalbidan shunday tuyg ‘ u o ‘ tgan bo ‘ lsa ajabmas.
Gulnora Akbarova,
Uchtepa tumanidagi
203- maktabning ona tili va adabiyot
fani o ‘ qituvchisi