dolzarb vazifa
Oʻquvchi yoshlarni kasbga tayyorlash dolzarb vazifa
Bugun mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan shiddatli islohotlarning yuqori natijalarini nafaqat koʻp millatli xalqimiz, balki jahon hamjamiyati, nufuzli xalqaro ekspertlar ham qoniqish bilan eʼtirof etmoqda.
Bundan besh yil avval boshlangan, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan yangilanish va oʻzgarishlar, haqiqatan ham, yurtimizning barcha sohalarda jadal oʻsish nuqtalarini taʼminladi. Eng muhimi, xalqni rozi qilish, odamlarning munosib turmush kechirishini taʼminlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar samarasini har birimiz oʻz kundalik hayotimizda koʻrib, bilib, his etib turibmiz.
Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmon hamda 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi esa Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida mamlakatimizning kelgusi besh yillik rivojlanishida bosh dasturilamal hujjat sifatida yangi Oʻzbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessansga poydevor qoʻyish, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada oshirishda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ahamiyat berib qarasak, keyingi besh yil ichida barcha sohalar qatorida eng katta va ustuvor eʼtibor taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilayotganiga guvoh boʻlamiz. Bu bejiz emas, albatta. Zero, Prezidentimiz koʻp bor taʼkidlaganidek: “Taʼlimga kiritilgan investitsiya – kelajakka qoʻyilgan sarmoyadir”. Shu bois ham mamlakatimizni barqaror yuksaltirishga qaratilgan dadil odimlar maktab ostonasidan boshlanib, farzandlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, intellektual salohiyatli, dunyoqarashi keng, raqobatdosh kadrlar qilib tarbiyalash, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga erishish ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga qoʻyilmoqda.
Har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va maʼnaviy salohiyatiga bogʻliq. Shu nuqtayi nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda yoshlar siyosati samaradorligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun Oʻzbekistonda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda.
Bu jarayonda yana bir muhim jihat oʻquvchilarni kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirishdir. Kasb-hunarga yoʻnaltirishdan maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yoʻnaltirish orqali, boʻlajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb –hunarga yoʻnaltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim.
Bu tizim orqali har bir oʻquvchi shaxsini kasbga yoʻnaltirishda individual xusuyatlarni ham xalq xoʻjaligi manfaatlari nuqtayi nazardan mehnat resurslarini toʻlaqonli taʼminlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogik asoslari talab darajasida emas. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik oʻquv qoʻllanmalar, dars ishlanmalari, koʻrgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash mezon va meʼyorining belgilanganligi, kasb tanlash boʻyicha tezkor aloqaning oʻrnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun oʻquvchi oʻz imkonoyatlarini baholay olish koʻnikmasiga, yaʼni qiziqishiga mos kasblar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axbort va yangiliklardan xabardor boʻlishi zarur. Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi yoshlarni kasb –hunarga yoʻnaltirish bu ularning qiziqishlari va mayilliklari, layoqatlari hamda qobilyatlariga mos holda kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish bilan bir qatorda oʻsmirlarni kasbiy oʻzligini anglash va hayot yoʻlini tanlashda maslahat beruvchi omil sifatida qaraladi. Oʻquvchilarning kasbiy qiziqishi va layoqatini shakllantirishda, ularni taʼlimning keyingi turiga toʻgʻri jalb qilish uchun kasbga yoʻnaltirishda qoʻllaniladigan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, ilmiy-uslubiy tavsiyalar, meʼyoriy hujjatlar, jamiyatda qadimdan mavjud boʻlgan hamda yangilanib, oʻzgarib borayotgan kasblar haqidagi maʼlumotlarni taʼlim-tarbiya jarayoniga zamon bilan hamnafas yetkazish samaradorligiga bogʻliqdir. Shu bois ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimida tashkil etilgan huquqiy meʼyoriy hujjatlar mazmunini yanada takomillashtirish vazifalarini hal etishi borasida bir qator ilmiy-amaliy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Jumladan, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarning qiziqishlari, tugʻma layoqatlari hamda qobiliyatlarini aniqlash borasida “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda qoʻllaniladigan psixologik-pedagogik tashxis metodikalari”ning yangi tahrirdagi majmuasi yaratildi.
Shuningdek, oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini samarali tashkil etishda ushbu jarayonni taʼlim muassasalarida amalga oshiruvchi oʻqituvchilar, pedogog xodimlar hamda aholi oʻrtasida(mahalla, ota-onalar) profilaktika ishlarini olib borish maqsadida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning zamirida oʻquvchi yoshlarni kasbiy qobiliyati va layoqatini aniqlash asosida ularni kasbiy qarorlarini shakllantirishga qaratilgan yaxlit faoliyat jarayonida taʼlimning keyingi turi va bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yotadi. Oʻquvchilarning kasbiy qarorlarini shakillantirish yoshlarga oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga malakali mutaxassislar koʻmagida kasbga boʻlgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy vazifalarni qoʻllay olish tajribasini hosil qilish, kasbiy madaniyat sifatlari(kasbiy idrok, kasbiy bilimdonlik, kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat va hakozalar)ni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan pedagogik faoliyat jarayonidir. Chunki oʻquvchilarni kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnalganligini tashkil etish murakkab, uzoq muddatli dialektik jarayon boʻlib, uning metodik jihatdan toʻgʻri tashkil etilishi koʻzlangan maqsadga erishish muvaffaqqiyatini kafolatlaydi. Mavjud obektiv va subyektiv omillardan unumli faydolana olish ham oʻquvchilarga kasb-hunarni toʻgʻri tanlashlariga hissa qoʻshadi.
Minglab kasblar olamidan oʻquvchi tanlagan kasbiy qarori boʻyicha turli vaziyatlarni oqilona baholash asosida faoliyat mazmuniga maʼlum oʻzgarishlar, yangiliklar kiritib, tarbiyalanuvchilarga mavjud boʻlgan kasbiy sifatlarni hisobga olish va ularni boyitish xususida qatʼiy fikrga ega boʻlishi, kasb-hunarga yoʻnalganligini samaradorligini muhim omillari boʻla oladi. Kasb-hunarga yoʻnaltirishni tashkil etishga nisbatan texnlogk yondashuv-bu oʻqvchi oshlar tomonidan oʻzlashtirilagan nazriy amaliy koʻnikma va malakaga aylantirish, ularga faol kasbiy yoʻnaltirishni tashkil etish tajribasni yuzaga keltirish hamda kasbiy qobilyat va layoqatlari asosida kasbiy qarorlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan faoliyat jarayonida amaliyotchi psixolog va kasb-hunarga yoʻnaltiruvchilar uchun kasb-hunarga yoʻnaltirishni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish majmuyi boʻlib xizmat qiladi.
Nodira QURBONOVA,
Karmana tumani dagi
25 - maxsus internat maktab i tarbiyachisi