Umumiy o‘rta ta’lim
12 / 09 / 2023
Insonning ma’rifatli, ma’naviyatli, madaniyatli bo‘lishida kitobning roli benihoya katta. Bunday insonlardan hyech qachon yomonlik chiqmaydi. Ziyoli odam o‘zining bilimini, tajribasini, amaliy ko‘nikmalarini boshqalarga ham o‘rgatishga harakat qilib, o‘sha o‘rgangan insonning o‘zidan biron narsani o‘zlashtirganini ko‘rgan paytda uning quvonchi ichiga sig‘may ketadi.
Umumiy o‘rta ta’lim
14 / 06 / 2023
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tarix fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari 21-may kuni o‘tkazildi. Afsuski, o‘tgan sinov jarayoni ko‘plab o‘qituvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi va hafsalasini pir qildi.
Umumiy o‘rta ta’lim
13 / 06 / 2023
Diydorlashuvlarning birida suhbat mavzusi maktab ta’miriga borib taqaldi. Diltortar do‘stimizning bir gapiga hammamiz angrayib qolibmiz:
– Bizda ta’mirni hokimiyat qilib beradi. Na ota-onadan, na homiylardan, na o‘qituvchidan bir tiyin yig‘iladi. Bironta o‘qituvchi maktab ta’miriga jalb qilinmaydi. O‘quv yili yakunida mutasaddilar kelib maktabni, sinfxonalarni tekshiruvdan o‘tkazib, yozib-chizib ketishadi. Ta’tilda boshdan oyoq ta’mir qilib berishadi. Rahbar va o‘qituvchilar tayyoriga kelamiz. Shuncha yil ishlab ta’mir uchun bir so‘m pul chiqarmadim!
Umumiy o‘rta ta’lim
5 / 06 / 2023
Bugun ta’lim sifatini oshirish uchun, eng avvalo, kreativ fikrlaydigan, o‘z mutaxasisligi bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lgan va bu bilimlarni o‘quvchilarning ongiga singdirishda eng ilg‘or pedagogik metodlardan samarali foydalana oladigan kadrlarga talab yuqori.
Umumiy o‘rta ta’lim
1 / 06 / 2023
“Yoshlarimiz Navoiyni qanchalik chuqur va puxta bilsa, – deydi navoiyshunos olim Ibrohim Haqqul, – ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o‘shancha kengroq egallaydi. Navoiyning so‘zlari diliga o‘rnashgan odam, o‘zi istasin-istamasin, odamiylik sharafi va kuch-qudratini idrok etadi. Navoiy saboqlariga amal qilgan kishi o‘z-o‘zidan xalq dard-tashvishlarini yengillatishga bel bog‘laydi. Fikrni – fikrsizlikka ilm-ma’rifatni – nodonlikka va jaholatga qarshi qurol o‘rnida ishlatadi. Navoiyni yetarli darajada bilish – adolat, diyonat, imon-e’tiqodning kuchiga ishonch demakdir....
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 05 / 2023
Nurafshon shahridagi 48-maktabni 121 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ularning 1 nafari maktabni oltin va 6 nafari a'lo darajali shahodatnoma bilan tugatdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 05 / 2023
Oʼquv yili boshidan beri “Yosh qalamkash” toʼgaragi mashgʼulotlariga doimiy qatnashib kelmoqdamiz. Toʼgarak rahbari bizni poytaxtimizning turli koʼngilochar maskanlariga olib borib, fikrlash doiramizni kengaytirib kelayotganidan mamnunmiz. Turli qiziqarli mavzudagi nazariy mashgʼulotlar tufayli dunyoqarashimiz ancha boyidi.
Yaqinda ustoz bizni Oʼzbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi “Botanika” bogʼiga sayohatga olib bordilar.
Umumiy o‘rta ta’lim
23 / 05 / 2023
Kaliforniyada yashaydigan nеvaramning boshlang‘ich maktab 4-sinfida o‘qishini kuzatar ekanman, u yеrdagi ta’limning yana ikkita muhim, o‘rnak olsa bo‘ladigan jihatlarini bayon qilmoqchiman (“Ma’rifat” gazеtasining 2023-yil 11-yanvar sonida chop etilgan “Sifatli ta’lim...” nomli maqolamdagi fikrlarga qo‘shimcha sifatida). Birinchisi, o‘quvchi-larga badiiy kitob, jurnallarni, umuman darslikdan tashqari bilim manbalarini o‘qishga qulay, zamonaviy imkoniyat yaratilgani. Ikkinchisi, boshlang‘ich maktablarda ta’lim tizimini obyеktiv baholash mеzonlari va uning uslublari haqida.
Umumiy o‘rta ta’lim
21 / 05 / 2023
Yunusobod tumanidagi 97-umumta’lim maktabida ta’lim sifati yuqoriligi, o‘quvchilar ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgani, ota-onalar va maktab hamkorligi uyushqoqlik bilan yo‘lga qo‘yilgani bilan ajralib turadi.
Maktabda mana yigirma yildirki, o‘quv yili so‘ngida “A’lochilar slyoti” o‘tkazib kelinadi. Kuni kecha o‘tkazilgan ushbu tadbirda ham yil davomida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, a’lochi va qator yutuqlarga erishib kelayotgan tirishqoq o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
Umumiy o‘rta ta’lim
21 / 05 / 2023
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashsabbuslardan biri – yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha, Yangiyo‘l tumani markazida joylashgan 1-umumta’lim ta’lim maktabida 21-may “Kutubxonachilar kuni”ni keng nishonlash maqsadida, maktabimizning adabiyot o‘qituvchilari, kutunxonachilar, Yoshlar ishlar agentligi Yangiyo‘l tumani bo‘limi hamkorligida “Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori” Shiori ostida kitobxonlik haftaligi nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Umumiy o‘rta ta’lim
9 / 05 / 2023
Mehribon ustoz, zabardast olim, texnika fanlari nomzodi, dotsent Bahodir Javliyev xotirasiga bag‘ishlab Kitob tumani 14-maktabda madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
8 / 05 / 2023
Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Xalq ta’limi a’lochisi, yozuvchi Erkin Malik bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda bunga o‘quvchilarning o‘zlari amin bo‘ldilar. Mehmon yoshlarga o‘z asarlari misolida kitobxonlikning ahamiyatini tushuntirib berdi. Yoshlar bu muloqotdan o‘zlari uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega hikmatga ega bo‘ldilar.
Umumiy o‘rta ta’lim
8 / 05 / 2023
2-6 may kunlari Navoiy shahridagi 8-informatika va axborot texnologiyalari chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan tayanch maktabida badiiy asarlar asosida sahnalashtirilgan "Teatrga ko‘chgan asar" tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
6 / 05 / 2023
Xotira va qadrlash kuni arafasida Nishon tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ijodkor oʻquvchilari va ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nishon tumani Samarqand MFYda istiqomat qiluvchi 99 yoshli Roʻzi bobo Soatov xonadoniga olishdi.