Umumiy o‘rta ta’lim
22 / 12 / 2022
Dars sifati – izlanish va yangiliklar bilan
Boshlang‘ich sinf ta’lim-tarbiyaning poydevori hisoblanadi. Hozir boshlang‘ich ta’lim sohasida o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlar olib borishiga imkoniyatlar kengaymoqda. Ta’limning bu jabhasini takomillashtirish uchun hali ko‘p metod va texnologiyalarni o‘rganish kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim
11 / 12 / 2022
Toshkent shahar Yashnobod tumani 230-maktabda tarix va huquq fanlari oyligi namunali o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan ta’lim maskanimizga yuridik fanlari doktori, professor Murodil Baratov tashrif buyurdi. U kishining tashrifi maktabmiz hayotida unutilmas voqeaga aylandi.
Umumiy o‘rta ta’lim
6 / 12 / 2022
Tarixiy qomusim — yurtim qalqoni!
Yangihayot tumanidagi 332-maktabda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Yangihayot tuman xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuninining 30-yilligi munosabati bilan “Tarixiy qomusim -yurtim qalqoni!” shiori ostida “Ijtimoiy fanlar: Tarix, huquq va tarbiya” fanlar oyligi festivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Respublika Ta’lim Markazi ijtimoiy fanlar metodistlari: Huquq fani metodisti O.D. Shernaev,...
Umumiy o‘rta ta’lim
5 / 12 / 2022
Shayxontoxur tumani 84-umumta’lim maktabining faollar zalida 1-dekabr OITS karshi kurash kuni munosabati "Giyohvandlik asr vabosi" mavzusida tadbir uyushtirildi.Tadbirga DXX koshidagi Temurbeklar maktabining kursantlari tashrif buyurishdi.Ukuvchilarga kiziktirgan savollariga javoblar olishdi.Bu tadbirdan maksad xozirda maktab ukuvchilari urtasida avj olayotgan illat chekishni oldini olish va xayot yullarida adashmaslikdir.Kelajak yoshlar kulida va unga befark bulmaslikni ongiga sindirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim
4 / 12 / 2022
Orqamdan kimdir turtib yubordi shekilli, oyog‘im toyib ketib boshim bilan devorga qattiq urildim. Yana oyoq ostida qolib ketmay deb shoshib o‘rnimdan turdim. Ozroq ko‘nglim aynidi, boshim aylandi. Ammo e’tibor bermay, navbatdagi darsga kirdim. Uyga ancha lohas bo‘lib qaytdim. Lekin oyimga aytmadim.
Umumiy o‘rta ta’lim
30 / 11 / 2022
Oʻquv_seminari
Joriy yilning 29-noyabr kuni Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi Uslubiy boʻlimi boshlig'i L. Sattarova va Ma'lumot va bibliografiya sho'basi mudiri B.Rizoqulovalar tomonidan umumta'lim maktab kutubxonachilari uchun "Umumta'lim maktab kutubxonalarida katalog va kartatekalar bilan ishlash", "Kitoblarga ishlov berish tartibi" mavzularida oʻquv- seminari oʻtkazildi.
Seminarda mavzularga oid ma’lumotlar slayd-taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminarda maktab kutubxonachilari o‘z fikrlarini bildirdilar va savollariga mas’ul xodimlar tomonidan...
Umumiy o‘rta ta’lim
30 / 11 / 2022
Konstitusiya — mening taqdirimda
Yunusobod tumanidagi 265-maktabda kutubxona mudiri Malika Mirzayeva va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ra’no Sharipova, Sojida Usvaliyeva tashabbusi bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya — mening taqdirimda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
29 / 11 / 2022
O‘Z O‘QIGAN MAKTABINGGA 5 TA KITOB HADYA ET!
Yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida, Xalq ta'limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 16 - 30-noyabr kunlari “O‘z o‘qigan maktabingga 5 ta kitob hadya et!” aksiyasi munosabati bilan, joriy yilning 22-noyabr kuni Sirdaryo tumani 25-umumta'lim maktabida ta'lim olgan Kazakovlar oilasi tomonidan "Qadrdon maktabimga kitob sovğa qilaman" shiori ostida maktab kutubxonasiga kitoblar sovģa qilindi.
Axborot xizmati
Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda...
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 11 / 2022
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchimiz har yili yozgi ta’tilga chiqish oldidan “Kim ko‘p she’r biladi?” tanlovini o’tkazardi. Tanlovimiz uch oy davom etardi. Shartlari juda oddiy: har bir o‘quvchi alohida daftar tutib, “G‘uncha”, “Gulxan” kabi jurnallardan she’rlarni ko‘chirib olib, yodlardik.
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 11 / 2022
Insoniyat tamadduni boshlangandan buyon taraqqiyot g‘ildiragi doimo oldinga qarab harakat qilib kelmoqda. Bu jarayon odatda odamlar tomonidan jo‘ngina taraqqiyot deb, taraqqiyotdagi to‘xtalish va orqaga ketishlar esa, tanazzul deb nomlangan. Tanazzulning ma’lum bir bosqichidan so‘ng taraqqiyot boshlansa, taraqqiyotning ham muayyan bir davrida ma’lum bir sabablar tufayli tanazzul boshlanishi mumkin. Ya’ni zamon chizig‘ining muayyan bir nuqtasi taraqqiyot va tanazzul chegarasi bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim
18 / 11 / 2022
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 207-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
17 / 11 / 2022
MURABIYNING GʻOLIB SHOGIRDLARI
Yunusobod tumanidagi 260-maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Niyozova Dilfuza sportning karate turi bo'yicha O‘zbekiston va Osiyo chempioni, basketbol va karate murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi, referi.
U 15 yildan beri sportga qiziquvchi bolalar bilan shug‘ullanib kelmoqda. "Besh tashabbus” sport o‘yinlari turida Strit bol bo'yicha o'tkazilgan turnirda 7-8-sinf o‘rtasida shogird qizlari 2- o‘rinni olishdi.
9–11-sinf o'quvchilari esa “YOSHLIK” turnirida tuman va shaharda birinchi o‘rinni egallashdi.
Xalqaro...
Umumiy o‘rta ta’lim
17 / 11 / 2022
1974-yildan buyon xalq ta’limi sohasida ishlab kelayotirman. Maktab kutubxonachiligidan direktorlikkacha bo‘lgan, bir qaraganda yaqin, ikkinchi tomondan qaraganda juda uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. Agar 1964-yili birinchi sinfga borganimni ham qo‘shib hisoblasak, qariyb 60 yildan buyon maktab bag‘ridaman. Shu bois bo‘lsa kerak, sohaning ikir-chikirlaridan yaxshi xabardorman, deb aytsam, mubolag‘a bo‘lmas. Bugungi kunlarda mamlakatimiz xalq ta’limini takomillashtirish borasida qizg‘in bahs-munozaralar ketayotganidan xabarim bor. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuyinchak insonlar o‘z mulohazalarini bildirib...
Umumiy o‘rta ta’lim
17 / 11 / 2022
Bundan o‘n-o‘n besh yil ortga nazar soladigan bo‘lsak, javoblarimiz chuchmal, shuurimizdagi tasavvurlar xiraligini ko‘rardik. Chunki uyma-uy yurib saylov varaqalarini tarqatish, hatto obodonlashtirish ishlari ham o‘qituvchilarsiz o‘tmay qolgandi. Sabab jamiyatimizda o‘qituvchilarga bo‘lgan e’tibor ancha yo‘qolgan, o‘qituvchilik kasbiga nisbatan ham qiziqishlar haminqadar bo‘lib qolgandi.
Umumiy o‘rta ta’lim
16 / 11 / 2022
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2022-yil 7-sentabrdagi qaroriga asosan “Vatan taqdiri mening qo‘limda” nomli insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.