Umumiy o‘rta ta’lim
29 / 08 / 2022
Ustozlar milliy forumi
Har bir jamiyatning taraqqiyot yo‘li yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya bilan deb biladi. Malakatimizda ham bir qancha yangi loyihalar ta’lim sohasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Sergeli tumanidagi 317-maktabda Milliy o‘quv dasturini 6-7-10-sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog-kadrlar uchun ona tili va adabiyot fanidan maqsadli o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda tumandagi tajribali щыituvchilar ishtirok etishdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
24 / 08 / 2022
O‘zbekiston-Tojikiston: Ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Yaqinda Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Moskva davlat universiteti Dushanbe filialining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Matematika va informatika fanlarining zamonaviy muammolari” mavzusidagi XII xalqaro konferensiya bo‘ldi.
Mazkur konferensiyaga Samarqand davlat universitetidan olimlar taklif etilib, biz ham ushbu anjumanda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Unda dunyoning turli mintaqalaridan 308 nafar delegat ishtirok etdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
24 / 08 / 2022
Maktabdagi tayyorgarlik
Yangi o‘quv yili arafasida maktabimizda ish gavjum. Sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari va ota-onalar hamkorligida yangi g‘oyalar muhokama etilib, tayyorarlik ko‘rilmoqda. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fero‘za Hamraqulovaning aytishicha, 840 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu zamonaviy maktabda o‘quvchilar ikki smenada mashg‘ulot o‘tishadi. Hozirgi kunda 1150 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olishmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim
22 / 08 / 2022
Ijod bergan imkoniyat
Yosh ijodkorlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijod olamida o‘z yo‘llarini topishlarida ma’nan ko‘mak berish maqsadida har yili Respublika yosh ijodkorlar seminari o‘tkaziladi. Yaqinda jozibali va go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Do‘rmon ijod uyida Respublika yosh ijodkorlar seminari bo‘lib o‘tdi. Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan seminar ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
18 / 08 / 2022
DARS TAQSIMOTI-2: yoxud yana an’anaviy avgust “jang”lari haqida
Ahdimdan qaytdim
O‘tgan o‘quv yili oxirlariga kelib, “Endi boshqa maqola yozmayman”, degan qat’iy qarorga kelgandim. Chunki yozgan maqolalarimda ko‘tarib chiqqan muammolar, fikr va takliflarim sababli ko‘p bora noqulay vaziyatlarga tushdim. “Yozib nima qilasiz?”, degan dashnomlarni eshitishimga to‘g‘ri keldi. Nihoyat may oyida Respublika miqyosidagi rahbar lavozimlardan birida ishlaydigan qadrdon o‘rtog‘im qat’iy dashnom berdi: “Siz yozganingiz bilan shu muammo hal bo‘lib...
Umumiy o‘rta ta’lim
18 / 08 / 2022
Kutilgan g‘alaba
O‘zbekiston terma jamoasining 44-Jahon shaxmat olimpiadasida chempion bo‘lishi men uchun kutilmagan hodisa bo‘lmadi.
2014-yil bahorida Toshkentda o‘tkazilgan Georgiy A’zamov xotira turnirida hali 10 yoshga ham to‘lmagan Nodirbek Abdusattorov (o‘sha payti reytingi 2 057 ball edi) xalqaro grossmeysterlar Andrey Jigalko (2 600) va Rustam Husnitdinov (2 495)ni, 12 yashar Shamsiddin Vohidov (2 063) xalqaro grossmeyster Robert Oganesyan (2 613)ni mag‘lub etib, o‘ziga xos shov-shuv ko‘targanida taniqli grossmeyster, 1992-yilgi Jahon shaxmat olimpiadasi kumush medal sohibi Saidali...
Umumiy o‘rta ta’lim
1 / 08 / 2022
“Otning kallasi”day oylik olyapti, deysiz-da…
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 07 / 2022
Yangi O‘zbekiston mahoratli pedagoglar va ular tarbiyalagan yosh avlod qo‘lida
«O‘qituvchi va murabbiylar – Yangi O‘zbekistonni
barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir!»
SH.MIRZIYOYEV
Yurtimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish haqida gapirishdan oldin “Insonning qadriga yetish, savob amallarni bajarish, elini, yurtini, vatanini sevish, xalqparvarlik kabi olijanob xislatlarga qayerda erishish yoki o‘rganish mumkin?”- degan zaruriy savol tug‘iladi.
Umumiy o‘rta ta’lim
23 / 06 / 2022
Erkak o‘qituvchi: “Fidoyilik oila talablariga
mos kelmayapti!”
Umumiy o‘rta ta’lim
23 / 06 / 2022
Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga u yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muhim vazifa hisoblanadi.
Shu boisdan joriy yilning 22-iyun kuni Vobkent tumani Favqulodda vaziyatlar hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Porloq kelajak” bolalar yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbiri o‘tkazildi.
Umumiy o‘rta ta’lim
21 / 06 / 2022
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda zamonaviy maktablar qurilmoqda. Borlari kapital ta’mirlanmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Arslonboyli mahallasi hududida joylashgan 18-umumta’lim maktabi ham bugungi kunda butunlay yangi qiyofaga kirdi. Ta’lim maskani yangi zamonaviy maktablar qatoriga kiritildi. Ayni paytda maktabimizda zamonaviy sport zal barpo qilingan bo‘lib, u yer sport anjomlari bilan jihozlangan. Shuningdek, dargohimizda kompyuter xonasi ham ishlab turibdi.
Umumiy o‘rta ta’lim
20 / 06 / 2022
Media va axborot savodxonligi nima va uni maktabda qanday o‘rgatish kerak?
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish...
Umumiy o‘rta ta’lim
18 / 06 / 2022
“Quyosh” sog‘lomlashtirish maydonchasi bilan ta’til yana mazmunli o‘tmoqda