‘qituvchilar maoshi va’da qilinganidek oshirildimi?
O‘qituvchilar maoshi va’da qilinganidek oshirildimi? Ular ming dollar qachon olishadi?
O‘qituvchilar maoshini oshirish haqidagi gaplar anchadan buyon gapirib kelinadi. Bu gaplar shunchalik ko‘p gapirilganidan bo‘lsa kerak, hozir ko‘pchilik o‘qituvchilar allaqachon 10 milliondan ko‘p oylik oladi deb hisoblaydi. Aslidachi?
izimda ishlaydigan o‘qituvchilar qancha oylik olmoqda?
Ma’lumotlarga qaraganda, q ӯ shni Qozog‘istonda ӯ qituvchilarning o‘rtacha maoshi 800 dollar, Ӯ zbekistonda esa 300 dollarni tashkil qilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya umumta’lim maktablarida ishlaydigan o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi oyiga 778 dollarni tashkil qiladi. Qo‘shni Qozog‘istonda esa o‘qituvchilar ish tajribasi va malakasiga qarab o‘rtacha 499,5 dollardan 874,8 dollargacha maosh olishadi.
Ko‘plab davlatlarda o‘qituvchilarning ish haqi quyidagi omillarga bog‘liq:
-o‘qituvchining malakasi va tajribasi;
-dars soatlari miqdori;
-ta’lim muassasasining turi;
-maktabning reytingi.
Qaysi davlatda o‘qituvchilarga eng ko‘p maosh to‘lanadi?
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tahlillari bo‘yicha, o‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan davlatlar reytingi da eng yuqori o‘rinlarda Lyuksemburg – yillik 101 360 dollar, Germaniya – 80 407 dollar, Kanada – 71 664 dollar turadi va bu mamlakatlarda eng yaxshi kasblardan biri aynan o‘qituvchilik sanaladi.
O‘zbekistonda ӯ qituvchilar qancha pul topishadi?
Ta’lim sohasidagi o‘rtacha maoshlar respublika miqyosidagi o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichidan 28 foizga kamroq. O‘zbekistonda 2021-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil qilgan .
Qachon bu k ӯ rsatkich 1000 dollarga chiqadi?
Statistikaga ko‘ra, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 37,6 foizi ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan. 2026-yilgacha taraqqiyot strategiyasida malakali o‘qituvchilarning oyligini bosqichma-bosqich 1000 dollar ekvivalentiga yetkazish reja qilingan. O‘sha vaqtgacha ming AQSh dollari olib qolsa kerak o‘qituvchi.
5 yil ichida bu natijaga yetishning iloji bormikan..?
To‘g‘ri o‘tgan yillarda o‘qituvchining maoshi ma’lum darajada ortdi.
2017-yilda ta’lim sohasi vakillarining o‘rtacha oylik maoshi 1,1 mln so‘mni tashkil etgan
2018-yilda o‘qituvchi qo‘liga o‘rtacha 1.4 mln so‘m oylik olar edi.
2019-yilda esa o‘rtacha maosh 2 million so‘mga yetdi.
2021-yilning oxiriga kelib ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshi 2,3 mln so‘mni tashkil etdi va bunda 2017 yilga nisbatan 1,99 marta oshgani qayd etildi.
Respublika miqyosidagi o‘rtacha oylik ish haqi darajasi esa 3,2 mln so‘mga yetgan bo‘lib bu 2017-yilga nisbatan 2,2 marta oshganini ko‘rsatadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi maoshi favqulodda oshgani yo‘q. O‘qituvchi maoshi 1000 dollarga yetishi uchun maoshlar miqdorining o‘sish jarayoni tezlashishi kerak.
Eng kam maosh hali ham o‘qituvchida
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga tayanadigan bo‘lsak, ta’lim sohasi xodimi maoshi eng kam oylik oladigan sohalardan biri bo‘lgan - sog‘liqni saqlash tiziminikidan sal oldinroqda ekanligini ko‘ramiz.
6-7 million olayotganlar ham bor !
To‘g‘ri, lekin buning uchun o‘qituvchi ikki smenada dars berishi, bir qancha qo‘shimcha yuklamalarni bajarishi va albatta kategoriya tasnifi bo‘yicha yuqoriroq darajaga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun esa u imtihon topshiradi. Qolaversa hududlarda xotin-qizlar uchun eng yaxshi ish o‘rni o‘qituvchilik bo‘lgan vaqtda bu soatlarga ega bo‘lish oson kechmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat rahbari Senatning yangi binosida qasamyoddan so‘ng besh yilda O‘zbekistonda oliy toifali o‘qituvchilarning maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazilishini ma’lum qilgandi.
2021-yilning 1 noyabrida Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va shifokorlarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta’kidlab, bu uchun 2022-yilda 350 milliard so‘m ajratilishini aytgan.
Avvalroq ham, ya’ni 2020-yilning noyabrida o‘qituvchilar va shifokorlar bilan uchrashuvda Prezident ularning maoshini oshirish bo‘yicha katta rejalar haqida e’lon qilgan edi . «O‘qituvchi 1000 dollar olmasa, ishga kelmasligi kerak. Xuddi shu holat shifokor bilan. Agar shifokor 1000 dollar olmasa, ertaga bolalari va nevaralarini qanday boqadi?» — degan edi Prezident. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev ko‘pchilik mamlakatdagi tibbiy xizmatlar sifatidan norozi ekanini tanqid qilgandi .