Оylik yakunlandi
Fan oyligi yakunlandi
Oqoltin tumanidagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 5—11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Ingliz tili fanidan “Why I learn English”, rus tili fanidan “Слaгaем стихи” tanlovi hamda 9-11-sinflarda diktant, insho, ijodiy ishlar bo‘yicha tanlovlar ham o‘tkazildi.
Ochiq dars mashg‘uloti jarayonida yangi innovatsion usullardan foydalanib, o‘quvchilarning bilimini oshirish, ulardagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar amalga oshirildi. Ingliz va Rus tillari Fan o‘qituvchilari tomonidan “The content of teaching reading and writing”, “Система контролныx работ нa урокаx русского яз ы ка” mavzularida seminar tashkil etildi.
Fan oyligida fidoyilik ko‘rsatgan ustozlar taqdirlandi. Oqoltin tumanidagi 18-maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mahmudov Sanjar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uning darslari viloyatda ommalashtirishga tavsiya etildi.
Ozod SUNNATULLAYeV,
oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi