yordam puli
Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga borib ishlagan malakali mutaxassisslarga to‘lanadigan yordam puli.
❗️Budjet tashkilotlariga
Hududlarga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (13 500 000 co‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (540 000 so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi
❗️Tibbiyot xodimlariga
Birqancha shartlar bor
1. Oliy taʼlimni oxirgi 3 yilda bitirgan bo‘lishi lozim.
2. Boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi olis hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda.
3. Kamida 3 yil ishlab berishi lozim. Va mazkur shartlarga javob beradigan tibbiyot xodimlariga 30 mln.so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli to‘lanadi. uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.
❗️O‘qituvchilar uchun
O‘qituvchilar uchun ikki xil shakilda to‘lanadi. Olis xududlar uchun alohida, taʼlim sifati past maktablarlar uchun alohida:
1. Bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foizi miqdorda
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan, viloyatdan, kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar joriy qilinadi.
2. 2021-yil 1-martdan boshlab taʼlim sifati past maktablarlarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarga bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustamalar joriy qilinadi (bu yerda olis xududlar nazarda tutilmagan)
❗️Eng asosiysi, boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini soliq to‘lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanmaydi bu degani daromad solig‘i to‘lamaysiz.