"Yosh chegarachilar" litseyiga bo‘sh vakansiyalar e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-sonli “Yosh chegarachilar” xarbiy-akademik liseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara ko‘shinlari tasarrufida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.
Mazkur litseyiga bilimli, intellektual salohiyatli va professional mahoratli, kamida 3 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni ishga taklif qilamiz.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Yosh chegarachilar” litseyi ishchi va xizmatchilarining bazaviy tarif stavkalari:
— o‘qituvchilar uchun - 5 barobar;
— psixolog uchun - 3 barobar;
— axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari uchun 2 barobar oshirilgan miqdorda haq to‘lanadi.
“Yosh chegarachilar” xarbiy-akademik liseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:
- ona tili va adabiyot;
- rus tili va adabiyoti;
- tarix;
- ingliz tili;
- fizika;
- astronomiya;
- algebra;
- geometriya;
- kimyo;
- biologiya;
- geografiya;
- ma’naviyat asoslari;
- davlat va huquq asoslari;
- jismoniy tarbiya;
- informatika va axborot texnologiyalari;
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.
Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan o‘z fanini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha sertifikat;
- xorijiy tilni bilish darajasini aniqlovchi sertifikat (IELTS yoki DTM);
- ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chop etilgan ilmiy maqolalar ro‘yxati;
- ilmiy ishlari ro‘yxati;
- ilmiy unvon.
Manzil: Termiz shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 35-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Yosh chegarachilar” xarbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2021-yilning 25-yanvaridan 25-fevraliga qadar DXX Chegara qo‘shinlari 9785-sonli harbiy qismga (Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Yangiariq aholi punktiga. Mo‘ljal: Mudofaa vazirligi dala-o‘quv maydoni) yoki (76) 229-95-52 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.