Shirin shahridagi kasb-hunar kollejining direktori lavozimidan asossiz bo‘shatilgani aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Shirin shahar boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Boyovut tumanlararo sudining 2021-yil 10-martdagi hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvogar Shirin shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi fuqaro G.B.ning manfaatida javobgar Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi AJ Shirin energetika kasb-hunar kolleji direktoriga nisbatan ishga tiklash haqidagi ijro varaqasi kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Shirin shahar boʻlimi davlat ijrochisi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, olib borilgan ijro harakatlari davomida G.B. Shirin energetika kasb-hunar kollejidagi avvalgi lavozimiga ishga tiklanganligi sababli, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Maʼlumot uchun, 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qoʻyilgan.