Maktabda “Qizlarjon klubi”
Yunusobod tumanidagi 235-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Qizlarjon klubi” 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni o‘z tasarrufiga oladi. Bunda ulg‘ayib kelayotgan qizlar uchun har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘tariladi, ularning muomala odobi, madaniyati va axloqi shakllanadi.
Kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar yoshlar markazi hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir ana shu mavzuga bag‘ishlandi. “Yoshlik” talabalar shaharchasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida nutq madaniyatiga doir tavsiyalar berildi. Jumladan, “Odobli bola elga manzur”, “Xalqimizning o‘tmishi va urf odatlari”, “Milliy liboslar millat ko‘rki” kabi ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda Yunusobod tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Iqbolxon Ashrapova, tuman tibbiyot birlashmasi ginekologi Zulfiya Tillayeva, mas’ul xodimi Gulchehra Hakimova, tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zosi Ozoda Madrahimovalar ishtirok etishdi.
Jamila SAYDALIYEVA, O‘zbek tili fani o‘qituvchisi