Geografiyani o‘qitishda ilg‘or tajribalar
Geografiyani o‘qitishda ilg‘or tajribalar
Mart – geografiya fani oyligi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi da “Geografiya fanini o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri S.Jumanazarov so‘zga chiqib, fan oyligini tashkil qilish va ilg‘or pedogoglar tajribasidan foydalanish haqida fikr bildirib o‘tdi.
Shuningdek, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Xurramov tomonidan tayyorlangan “Geografiya fanini o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar” mavzusida ochiq dars tashkil etilib, unda geografiya fani bo‘yicha o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari va ularni aniqlash, tahlil qilish, o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, shakl va usullari haqida ochiq dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilg‘or pedogoglar tajribasidan fan oyliklarida foydalanish haqida tushuncha berib o‘tdi .
Seminarda geografiya ta’limi metodikasining nazariy metodologik masalalari xorijlik va O‘zbekistonlik ko‘plab olimlar asarlarida o‘z ifodasini topganligi va geografiya fanini o‘qitishda ularning ilg‘or yutuqlaridan foydalanish haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘quvchilarni sinfda yoki uydagi ta’lim olish jarayonida ilg‘or pedogoglar tajribasidan foydalangan holda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish darajalari tushuntirilib o‘tildi. Geografiya fanlarini o‘qitishda Izohli — Illiyustrativ (ko‘rgazmali), reproduktiv, muammoli va tadqiqot metodlari hamda ulardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, seminarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-IDUMning geografiya fani o‘qituvchisi (Xalq ta’lim a’lochisi, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika g‘olibi) Malika Asenova 9-sinflar uchun “Yaponiya” mavzusida tayyorlagan namunaviy dars ishlanmasini tinglovchilariga taqdimot qilib berdi.
Xalq ta’limi vazirligi tassarufidagi Filologoya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi (Xalq ta’lim a’lochisi, Xalq ta’lim fidoyisi) Barno Xalilova tomonidan ham “Geografiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.