Kasb tanlashga amaliy ko‘mak
Kasb tanlashga amaliy ko ‘mak
Kasblar dunyosi juda xilma-xil, ba’zi ma ’ lumotlarga ko ‘ ra ularning 40 mingtadan ortiq turi bor va har yili 500 ga yaqin yangi kasb lar paydo bo ‘ ladi. Aksariyat yoshlar kasb tanlash, qo‘shimcha ma’lumot olish, keyingi ishga joylashish bilan bog‘liq muammolar haqida ko‘p o‘ylashadi. Har bir inson qiziqishlari va qobiliyatlariga mos bitta kasbni tanlashi kerak, albatta.
Bu borada yosh avlodga tushuntirish ishlarini olib borish bizning asosiy vazifamizdir. Buning uchun o‘qituvchilar va, ayniqsa, maktab psixologlari o‘quvchilarga yaqindan turib maslahat berishlari, o‘quvchilar orasida muntazam ravishda kasb bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazishi, qiziqishiga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalariga va tashkilotlarga sayohat uyushtirishi, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etishi kerak.
Shuni inobatga olgan holda, Zarafshon shahar 13-IDUM psixologlari o‘quvchilarni Zarafshon shahrida joylashgan “Orianna” qo‘shma korxonasiga olib borishdi. Korxona ish faoliyati bilan ish boshqaruvchi Umida Sayfiyeva o‘quvchilarni tanishtirdi. O‘quvchilar sayohat davomida tikuvchilik-bichuvchilikning sir-asrorlari va korxonadagi kiyim-kechaklarni tayyorlash jarayonlarini o‘rganib chiqdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga sayohat davomida javob olishdi. O‘quvchilar egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsagina ularda ko‘nikma va malaka shakllanadi. Bu esa ta’limning ustivor vazifalaridan biridir.
Gulandom IKROMOVA,
Zarafshon shahridagi 13-IDUM psixologi