Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarorida bu boradagi izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad barcha sohalardagi kabi ta’lim tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, soha xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ta’lim tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, yurtimizni xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgandir.
Darhaqiqat, korrupsiya har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy hayoti uchun xavfli, qolaversa, mamlakat rivojiga to‘siq bo‘ladigan illatdir. Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi q onunning qabul qilinganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Agentlikning tashkil etilishi hamda bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi joriy yil 12-yanvardagi PQ-81-son qarorida yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishiga hizmat qiladi.
Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish masalasi aniq belgilab berildi.
Bugungi kunda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarni yaratish, uni amaliyotga tatbiq etish, xodim va tinglovchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan doimo xabardor qilib borilmoqda, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarining samaradorligiga erishish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga jamoaning barcha a’zolari va tinglovchilarning ishtiroki ta’minlashga erishildi.
Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun esa barcha mutasaddi rahbar xodimlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli va sidqidildan bajarishni tashkil etishlariga mutasaddi mas’ullar belgilandi.
Shundan kelib chiqib, institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Hozirda institutning mavjud tuzilma rahbarlari va ko‘p yillik tajribali mutaxassislar Ishchi guruhga jalb etilgan hamda bundan buyon ular o‘zlariga berilgan mas’uliyatli vazifalarni belgilan muddatlarda amalga oshirishlari va har chorak yakunida hisobot berishlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy mexanizmlarning joriy etildi. Shu bilan birga korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari joriy etilib o‘z vaqtida tegishliligi bo‘yicha barcha ma’lumotlar joylashtirib borilmoqda. Institutda kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi hamda manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirildi.Institut xodim va tinglovchilarining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tinglovchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini belgilangan muddatlarda oshirib borilmoqda.
Ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi oshirib borilmoqda, hamda institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslari yaratilib, amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan bu bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar mavjudligi va zaruratga qarab bosqichma-bosqich yangilanib borilishi hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajarishni ta’minlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ishchi guruh raisi A.Jalalovga umumiy nazoratda bo‘lishi belgilangan.
Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etilib, reja asosida hay’at yig‘ilishlarida muhokoma etilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, avvalam bor rahbar xodimning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etishi, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali ta’lim tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni butkul yo‘qotish har birimizning birinchi darajadagi muhim vazifamiz bo‘lib qoladi.
Z.XUDOYBERDIYE V,
institut direktori