MUVAFFAQIYAT YO‘LI — HAMKORLIK
Professional ta’lim tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” va “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi” kasblaridagi o‘quvchi va o‘qituvchilarga navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik asosida olib borildi.
Seminar davomida TATU dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kafedra mudiri K.E.Shukurov va o‘quv bo‘limi tomonidan ushbu kasblardagi ayrim fanlardan darslik, qo‘llanmalar ishlab chiqish kelishib olindi. Shuningdek, katta o‘qituvchi, assistent U.K.Hasanov “Algoritmlash asoslari” va “Internet ilovalarini ishlab chiqish” fanlaridan IT sohasiga bo‘layotgan qiziqish va talab, yangiliklar haqida yig‘ilganlarga taqdimot qilib berdi.
Seminar yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.