SEMINAR O‘TKAZILDI
Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi va 2022-yil 28-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’sul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar asosida 2023-yil 7-yanvar kuni Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlishtirish hududiy boshqarmasi, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi hamkorligida shu tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida ''Profissional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish'' ga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda 43 nafar umumta’lim fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.
Seminarda Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari D.Begimqulov, Oqqo‘rg‘on tuman 2- son kasb hunar maktabi direktorning shlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari M.Sultonov va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari K.Karimov va uslubchi S.Alijonovalar o‘z ma’ruzalari bilan o‘rtoqlashdi.