To‘g‘ri talaffuz – ravon so‘z
To‘g‘ri talaffuz – ravon so‘z
Hozirgi avlodni mobil telefonlardagi videolavhalardan-da qiziqroq ma’lumotlar va metodlar bilan hayratlantirish o‘qituvchi zimmasidagi mas’uliyatga aylandi. Buni kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qishga qiziqtirish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga ko‘maklashish, turli ertaklar mutolaa qilishiga erishishdan boshlash kerak.
Bunda sinfdagi bolalar, asosan, rangli, rasmli, ko‘rgazmali tashkil qilingan mashg‘ulotlarga ko‘proq qiziqishadi. Bu esa dars jarayonida o‘quvchilarni mavzuga tezda qiziqtira olishga, diqqatini jalb qilishga katta yordam beradi. Bu kabi qiziqarli darslarni tashkil qilishda o‘yin usullaridan foydalanamiz. Jumladan, “Top-top”, “Mozaika”, “Topqirlar”, “Muzyorar”, “Bumerang”, “SWOT”, “FSMU” kabi qiziqarli usullardan boshlang‘ich sinfda foydalanish mumkin. “Bumerang” usuli o‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzdagi va yozilishdagi farqlarini o‘rgatishda, harflar yuzasidan o‘tilgan mavzularni takrorlashda qo‘l keladi. Ushbu usul mashg‘ulotda quyidagicha amalga oshiriladi:
Sinf doskasiga jarangli va jarangsiz undoshlar-
ning she’r shaklidagi ko‘rinishi yozib qo‘yiladi.
Masalan:
Biz sakkiz aka-uka, “V” doimo ko‘rinmas”,
Egizakmiz hamisha. “F” ham shunday kamnamo.
Lekin juftimiz sira, “Z” tovushi bo‘linmas,
O‘xshamaydilar bizga. “S”dan aslo tasanno.
“B” jaranglab chiqqanda, Biz shunday doim birga,
“P” chiqadi jarangsiz. O‘xshaymiz juftimizga.
“D”ning jufti “t” tovush, Jarangsizlar eshitilsa,
“G” jarangdor “k” sassiz. Jarangli yoz oxirda.
“J” egizak “ch” bilan, Ko‘pincha adashishar,
“J” yonida “sh” turar. Talaffuzda, yozuvda,
“G‘” tovush kelsa birdan, Shuning uchun eslab qol,
Yonida “x” ham yurar. Yanglishmaysan sen shunda!
Sinfdagi o‘quvchilar navbatma-navbat undoshlarni talaffuz qilishadi. Bu usul bumerang tartibida bo‘lib, barcha o‘quvchilar ishtirok etadi. Va ular so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydi. O‘quvchilar undosh tovushlarni o‘zlashtirishda, asosan, portlovchi-sirg‘aluvchi, jarangli-jarangsiz guruhlarga ajratishni o‘rganishadi.
Darsda mavzuga oid kichik voqealar yashiringan tasvirlardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. “Venn diagrammasi” orqali jarangsiz tovush eshitilib, jarangli harflar oxirida yoziladigan so‘zlarning farqli va o‘xshash tomonlarini ajratib olishda foydalanish mumkin. Odatda aytilishi va yozilishida farq qiluvchi so‘zlarni yozishda bolalar ko‘proq qiynalishadi. Bunday muammolarni bartaraf qilish uchun rasmli, lug‘at diktantlarni tez-tez olib turish maqsadga muvofiq. Aynan, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi yuqori sinfga qaraganda ancha kuchli bo‘ladi. Shu bois, dastlabki qadam to‘g‘ri qo‘yilsa, keyingi qadamlarni ildam tashlashda o‘quvchi sira qiynalmaydi. Darsda bolalarni ko‘proq gapirtirish, harakat qilishga, intilishga, xato qilmaslikka, o‘z fikrini erkin ayta olishga unday olsak dars sifatiga erishamiz.
Xurshida RAHMATOVA,
Hazorasp tumanidagi
7-maktab o‘qituvchisi