To‘g‘ri tanlangan kasb yarim baxtdir
To ‘g‘ri tanlangan kasb yarim baxtdir
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori ijrosini ta’minlash “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida yaqinda “To‘g‘ri tanlangan kasb-yarim baxtdir” deb nomlangan kasb musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Q.To‘xtayev ochib berdi. Shuningdek tadbirda hamkorlik shartnomasiga asosan Toshkent davlat transport universitetining “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedra mudiri, Texnika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori(PhD) J.S.Avliyoqulov, kafedra dotsenti T.Qodirshayev, Universitetning Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.F.Ashurovlar hamda viloyatda avtotransport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlari mavjud barcha professional ta’lim muassasalarining Kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari ishtirok etdilar.
Tadbirda o‘quvchilar o‘z kasblari boʻyicha kompetentsiyasilarini rivojlantirishda topshiriqlarni amaliy bajarish orqali ko‘rsatib berdilar.
Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.
Tadbirdan so‘ng mehmonlar kasb-hunar maktabining o‘quv ustaxonasidagi “Avtomobillarning tuzilishi”, “ Yo‘l harakati”, “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish”, “Test sinovi” xonalarni talab darajasida jihozlanganligi bilan tanishtirildi va fikr almashildi.