Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi tajribasi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti a k ademik litseyi tajribasi
2020-yil 31-jahon kimyo olimpidasida (Yaponiya-Nagasaki) Toshkent pediatriya tibbiyot akademik litseyi 1 ta oltin, Respublikaning boshqa ta’lim muassasalari 1 ta kumush, 1 ta bronza;
2021-yil 32-jahon kimyo olimpidasida (Portugaliya-Lissabon) Toshkent pediateriya tibbiyot akademik litseyi 1 ta oltin, Respublikaining boshqa ta’lim muassasalari 1 ta oltin, 1 ta bronza;
2021-yil 53-jahon kimyo olimpidasida (Yaponiya-Tokio) Toshkent pediateriya tibbiyot akademik litseyi 1 ta oltin, Respublikaning boshqa ta’lim muassasalari 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ushbu davr oralig‘ini sarhisob qilsak, 2008–2021-yillarda O‘zbekiston Respulikasining Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida qo‘lga kiritgan medallar tarkibi umumjamoalar hisobida 153 ta bo‘lib, shundan 83 tasi mazkur litseyga tegishli: 13 ta oltin, 24 ta kumush, 46 ta bronza medallari, qolgan 70 ta medallar esa boshqa qatnashgan ta’lim muassasalari ulushi sanaladi.
Biz nega bunday taqqoslashlarni sizga taqdim qilmoqdamiz, ko‘zlangan maqsad shuki, ta’lim taraqqiyoti jarayonida Toshkent pediatriya tibbiyot institute akademik litseyi tajribasini ommalashtirish, yaratilgan olimpiadachilar maktabini bundan-da takomillashtirish, Yangi O‘zbekistonda kimyo fani riojlantirishda muhim maktablardan biri ekanini ko‘rsatishdan iborat. Zero, ushbu maktabdan mamlakatmiz kimyo sanoatini ishlab chiqarishga yo‘naltirish va uni integratsiyalashtirishda yetuk kadrlarni tayyorlab borish, saralab olish mumkin.
Shu bilan birga, ularning noyob ilmiy salohiyatidan mamlakat sanoatini rivojlantirishda keng ko‘lamda foydalanish va industiral iqtisodiyotimizni yanada taraqqiy ettirishda mazkur tajriba maktabi muhim ahamiyat kasb etadi, desak xato bo‘lmaydi.
Sherzod QURBONOV