5 tashabbus haqida she’r o‘qigan o‘quvchiga Prezident sovg‘asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi
Ayni paytda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda.
Bo‘ston mahallasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirok etmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yil 1-iyun kuni Prezidentimiz Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining 5 tashabbus, deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.
Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezidentimiz sovg‘asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi, deya xabar beradi uza.uz sayti. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga ham Prezident sovg‘asi – “Isuzu” avtobusi berildi.
Bo‘ston mahallasi aholisi, yoshlarining O‘zbekiston ilm-fan, adabiyot va san’at namoyondalari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi.