Matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 8 ta medallarni qo‘lga kiritdi
Gongkongda matematika fani bo‘yicha bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 8 ta medal olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 2500 nafar bola qatnashgan olimpiadada 10 nafar o‘quvchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ilk marta ishtirok etdi.
Olimpiadada quyidagi o‘g‘il-qizlar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin
Madina Toliboyeva — “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;
Kumush
Temur Hasanov — “Sehriyo” maktabi o‘quvchisi;
Izzatilla Adilov — “Iste’dodli kelajak yoshlari” maktabi o‘quvchisi;
Bronza
Soliha Abdurasulova — “Iste’dodli kelajak yoshlari” maktabi o‘quvchisi;
Bunyod Daminov - 103-sonli maktab o‘quvchisi;
Samira Xodjabayeva — “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;
Anna Dju — “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;
Ruslan Teplyakov — “Bek Kichkintoy” bog‘chasi tarbiyalanuvchisi.
Bundan tashqari, “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi Madina Toliboyeva “O‘zbekistonning eng yaxshi ishtirokchisi” sertifikatini qo‘lga kiritgan va Tokioga yo‘llanma olgan.