Samarqandda Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi
Samarqand shahrida joriy yil Prezident maktabini qurish va foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda ushbu xayrli maqsad yo‘lida bunyodkorlik ishlari avjida.
Joriy yilning mart oyidan “INNOCRAFT” MCHJ qurilish korxonasi tomonidan Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi. Yurtimizda karantin e’lon qilingan ayni kunlarda quruvchilar sanitar-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda maktabning yerosti qurilish ishlarini olib borishmoqda.
Qariyb 2,5 gektar yer maydonida Prezident maktabining 168 o‘rinli o‘quv binosi va yotoqxonalar, sport zallari, mini-futbol, basketbol maydonlari, oshxona, xiyobon va boshqa obyektlar bunyod etiladi.
Prezident maktabini joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.