Yetakchi yoshlar qanday tarbiyalanadi?
Tarmoqli biznesning tajribali yetakchisi, olamga mashhur xitoylik marketolog Chen Chjanning “Как мотивировать людей” kitobida shunday ma’lumot keltiriladi: “Adabiyotni o‘qish 10 foiz, eshitish 20 foiz, ko‘rish 30 foiz, ham ko‘rish, ham eshitish 50 foiz, axborot tarkibini muhokama qilish 70 foiz, qabul qilingan ma’lumotni amaliyotda qo‘llab, natijasini tahlil qilish esa axborotning 90 foizini eslab qolishga yordam beradi.”
Muallifning erishgan yutuqlarini inobatga olsak, keltirilgan ma’lumotlarga tayanib ish yuritib ko‘rish yoki fikrlash albatta ziyon qilmaydi. Yetakchilik qobiliyati shakllangan insonlar boshqalarga nisbatan har qanday vaziyatda ham hayotga bo‘lgan qiziqishining kuchliligi, muammolarni hal qilishning turli yo‘llarini topa olishi, atrofdagilarni ergashtira olishi bilan ustun bo‘ladi. Ularda kuchli ichki kuch mavjud bo‘lib, oldindagi hayotiy maqsadlariga erishishida yordam beradi. Yoshlarda yetakchilik salohiyatining faollashishi va rivojlanish jarayonini tashkil qilish bo‘yicha maqsadli ishlar tizimini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarbdir.
Shalola RAHMONOVA, Yunusobod tumanidagi 240-maktab o‘qituvchisi