Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari yirik miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandi
Masofaviy tarzda o‘tkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli o‘quvchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli o‘quvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar Ўзбекистон Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (олтин medal) uchun — o‘quvchiga базавий hisoblash miqdorining 500 (111 mln. 500 ming сўм) baravari, o‘qituvchisiga —
450 baravari (100 mln. 350 ming so‘m) miqdorida;
2-o‘rin (кумуш medal) uchun — o‘quvchiga базавий hisoblash miqdorining 300 (66 mln. 900 ming so‘m) baravari, o‘qituvchisiga —
250 baravari (55 mln. 750 ming so‘m) miqdorida;
3-o‘rin (бронза medal) uchun — o‘quvchiga базавий hisoblash miqdorining 200 (44 mln. 600 ming so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari
(33 mln. 450 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.
Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar ваta’lim muassasasi direktorlariga навбатдаги o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza медаллари bo‘yicha tegishlicha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, joriy yilning sentabr oyida ҳам O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.