MAKTABDA SEMINAR
Qiziriq tumanidagi 36-maktabida “Ta’lim sifatini oshirishda axborot texnalogiyalari, o‘quv kurslari va fan to‘garaklarining o‘rni” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan o‘zgacha shukuh bilan bezalgan maktab hovlisi viloyat va tuman hokimligi vakillari, mutassaddi tashkilot xodimlari, qo‘shni tuman maktablarining ko‘plab pedagoglari bilan to‘ldi. Madaniy qismdan so‘ng mehmonlar fizika, tarix, kimyo kabi fanlardan maktabning h tajribali o‘qituvchilarining ochiq dars mashg‘ulotlarini, shuningdek ingliz tili, rus tili, texnologiya fan to‘garaklarini kuzatishdi.
Ustozlarning zamonaviy multimediya vositalari, ko‘rgazma qurollardan foydalanib dars o`tishi va unda o‘g‘il-qizlarning faol ishtiroki, savollarga dadil javoblari hammada iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, yig`ilganlar maktabdagi “Pazandachilik”, “Libos dizaynerligi” to‘garaklar faoliyati bilan ham tanishdilar.
— Seminarni yuqori kayfiyatda o‘tkaza oldik, deb o‘ylayman. Bu boshqalar uchun ham, o‘zimiz uchun ham birday foydali. Ayniqsa, pedagogikaga endi qadam qo‘ygan yosh hamkasblarimiz yangi bilim va tajribalar olishadi, — deydi 36-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Usmonov.
Bugungi davr ustozlardan doimo o‘z ustida qunt bilan ishlashni, yangiliklar bilan hamnafas bo‘lishni, tajriba almashib borishni talab etmoqda. Chunki bugun bilimli ustozlardan ta’lim olgan salohiyatli o‘quvchilar ertangi kelajagimizdir. Umid qilamizki, shu maqsadda tashkil qilingan seminarda ko‘zlangan maqsadga erishildi.
Akbar ERGASHYEV