Yoshlar bilan ishlashning yangi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi qaroriga muvofiq yoshlar bilan ishlashining yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muamolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etldi.
Ular o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda madaniyat va san’atni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyallaridan samarali foydalanishni tashqil qilish, ma’naviyat va kitobxonnlikni targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlikni ruhida tarbiyalash va huqukiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik g‘oyalarini ko‘llab- quvatlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Yetakchilarning hamda yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tarjibasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoiy, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.
Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan takchilar ipoteka krediti sosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar beriladi.
Qarorga ko‘ra yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslaring harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi, yetakchi lavozimiga ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.
Qarorning muhim jihatlaridan yana biri yetakchining ish faoliyatini to‘lik rakamlashtirish hamda quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimi (KPI) joriy etish yo‘lga qo‘yiladi:mahallada yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashqil etish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini kunlik amalga oshirish holati, tadbirlarda mahallaladagi yoshlarni to‘liq kamrab olinganlik darajasi, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini raqamlashtirish darajasi, horijda yurgan mahalla yoshlari bilan yaqindan aloqaning yoo‘lga qo‘yilganligi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari tahlil etib boriladi.
Aynan shu maqsadda yetakchilar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan xizmat xonalarini ajratish, ularni moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter jamlanmasi, aloqa, internet va boshqalar) bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taaluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.
K.Atadjanov,
Urganch shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.