Imtihonda tushadigan test savollari "Ma’rifat" gazetasida chop etiladi
O‘qituvchiga yordam
9 / 04 / 2019
Abituriyentlar, ota-onalar va o‘qituvchilar diqqatiga!
Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Ma’rifat” gazetasi yangi loyiha boshlayapti. Abituriyentlarning test sinovlariga puxta va samarali tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish maqsadida gazetamizning navbatdagi sonlarida imtihon olinadigan fanlar bo‘yicha Davlat test markazining aprobatsiya jarayonidagi test savollarini e’lon qilib boshlaymiz.
Shuningdek, test savollarini tuzishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati chop etiladi.
O‘zingizning, farzandingiz va o‘quvchingizning kelajagiga befarq emasmisiz? Unday bo‘lsa, vaqtni yo‘qotmang! “Ma’rifat”ga obuna bo‘ling va test savollari bilan tanishishga tayyorgarlikni hozirdan boshlang!