Ingliz, nemis va fransuz tillaridan DTMning aprobatsiyadan o‘tgan test namunalari
So‘nggi ikki yilda yurtimizda oliy ma’lumotli mutaxassislar safini kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari qamrovini oshirish borasida necha o‘n yilliklarga tatigulik ishlar qilindi. Bu ezgu sa’y-harakatlar yoshlarning oliy ma’lumot olishga qiziqishini yanada kuchaytirib, test sinovlariga tayyorgarlik sur’atini oshirgani shubhasiz.
Biroq abituriyentning vaqti oz, o‘qiydigan darslik va adabiyotlari esa ko‘p. Boz ustiga, darsliklarning har 4-5 yilda yangilanishini hisobga olsak, abituriyentlarga oson emasligi kunday ravshanlashadi.
Shu kabi omillarni inobatga olib, Davlat test markazi bilan hamkorlikda abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida test savollarini tuzishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va aprobatsiyadan o‘tgan, bu yilgi test sinovlarida tushadigan savollarni berib borishga qaror qildik.
Gazetamizning bugungi, 20-aprel shanba sonida (30-son) Ingliz, nemis va fransuz tillaridan Davlat test markazining aprobatsiyadan o‘tgan test namunalari bilan tanishishingiz mumkin.
ABITURIYENTLAR, OTA-ONALAR VA O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!
Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Ma’rifat” gazetasi yangi loyiha boshlayapti. Abituriyentlarning test sinovlariga puxta va samarali tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish maqsadida gazetamizning navbatdagi sonlarida imtihon olinadigan fanlar bo‘yicha Davlat test markazining aprobatsiya jarayonidagi test savollarini e’lon qilib boshlaymiz.
O‘zingizning, farzandingiz va o‘quvchingizning kelajagiga befarq emasmisiz? Unday bo‘lsa, vaqtni yo‘qotmang! “Ma’rifat”ga obuna bo‘ling va test savollari bilan tanishishga tayyorgarlikni hozirdan boshlang!
Obuna indeksi — 150
"O‘zbekiston pochtasi" AJ, "Matbuot tarqatuvchi" AK hududiy bo‘limlari va boshqa obuna uyushtiruvchi MCHJ tashkilotlarida gazetamizga obuna bo‘lishungiz mumkin.