25-sentabrda sodir bo‘lgan voqealar
Ayni bugungi kundan yuz, ikki yuz, boringki, ming yil oldin qanday voqealar sodir bo‘lgan? Ushbu kun tarixini qay hodisalar boyitmoqda? Quyida O‘zbekiston tarixidagi 25-sentabrda sodir bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishasiz.
1911-yil — adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Yusuf Sultonov tavallud topdi (vafoti — 1991-yil). U 1970-yilda Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati bo‘lgan.
1922-yil — RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Tashkiliy byurosining qarori bilan «qo‘pol xatolari uchun» Turkiston kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi kotibi N.To‘raqulov, Turkiston Avtonom Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi raisi Q. Otaboyev va TASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi A. Rahimboyev egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
1932-yil — forishlik O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Amakboy Kucharov dunyoga keldi.
1935-yil — arxeolog-tarixchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov tavallud topdi.
1939-yil — O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Tursunali Yunusov tug‘ildi.
1942-yil — O‘zbekiston xalq artisti O‘rinboy Nuraliyev tavallud topdi.
1991-yil — Abdurauf Fitratga (vafotidan keyin) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti berildi.
1995-yil — qiziqchi Muhiddin qiziq Darveshov vafot etdi (tavalludi — 1938-yil).
1997-yil — Komil Yashin taxallusi bilan ijod qilgan shoir, daramaturg, publitsist va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik Komil Nu’monov vafot etdi (tavalludi — 1909-yil).
1997-yil — O‘zbekiston Respublikasi bilan Islandiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
1998-yil — «Turkiston-Press» nodavlat axborot agentligi tashkil etildi.
2002-yil — O‘zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamov vafot etdi (tavalludi — 1927-yil). U 1997-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
2004-yil — adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Begali Qosimov vafot etdi (tavalludi — 1942-yil).
O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti talabasi Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi.