Bugungi kun tarixi
1926-yil — O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.
1929-yil — samarqandlik ma’rifatarvar, shoir Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li shu kundan boshlab uch yil Sibirda surgunda bo‘ldi.
1929-yil — Toshkent viloyatida Ohangaron tumani tashkil etildi.
1937-yil — Qashqadaryo viloyatida Qamashi tumani tashkil etildi.
1952-yil — urganchlik O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Oybibi O‘rozmetova dunyoga keldi.
1952-yil — Namangan viloyatida Mingbuloq tumani tashkil etildi.
1993-yil — fiziolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abror Sodiqov vafot etdi (tavalludi — 1906-yil).
2004-yil — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti talabasi Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi.