“Ma’rifat” gazetasi mushtariylari uchun ajoyib yangilik!
O‘qituvchiga yordam
26 / 11 / 2019
Tahririyatimiz PAYME bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endi gazetamizga 2020-yil uchun obuna bo‘lishingiz yanada oson va qulay. Buning uchun payme.uz sayti va PAYME mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn xizmatlar bo‘limidan nashrimiz logotipini tanlaysiz. Ism-familiyangiz, manzilingizni to‘liq holda ko‘rsatib, belgilangan summani to‘laysiz. Gazetaning bir yillik obuna narxi (pochta xizmati narxi bilan birga) — 249 600 so‘m.
Bunda faqat gazetamizga bir yillik obuna bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
Gazetaning ko‘rsatilgan manzilga o‘z vaqtida yetkazilishi tahririyat tomonidan ta’minlanadi.