Barcha abituriyentlar, ota-onalar va o‘qituvchilar diqqatiga!
O‘qituvchiga yordam
15 / 01 / 2020
Aziz gazetxon! Endi siz “Ma’rifat” gazetasi orqali abituriyentlar uchun DTM testlari darajasidagi sinov testlari bilan tanishib, bilimingizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Buning uchun gazetamiz kuchli salohiyatli va yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan pedagoglar, o‘quv markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtihon topshiriladigan barcha fanlar bo‘yicha test namunalari va ularning javoblari, shuningdek, o‘tgan yilda abituriyentlarga murakkablik qilgan test namunalariga sharhlarni siz avgust oyiga qadar “Ma’rifat” gazetasidan topishingiz mumkin.