Eng yaxshi innovatsion dars ishlanmasi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi 1 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ma’muriyati 2020-yil 20-yanvardan 1-fevralga qadar pedagog xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi innovatsion dars ishlanmasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi.
Tanlovda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.
Mazkur tanlovda g‘olib deb topilgan pedagog xodimlar homiylar tomonidan 1 million so‘m miqdorida pul mukofoti, tanlovda ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egallagan pedagog xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. (FFIDUM pedagog xodimlari uchun alohida, Toshkent shahri umumta’lim maktablaridan qatnashgan g‘olib pedagog xodimlar uchun rag‘batlantirish alohida tashkil etiladi).
Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/iejPjN6Xk1Qu8qEt6
Dars ishlanmasini 2020-yil 1-fevralga qadar ushbu botga: @filolog_bot MS WORD shaklida yuboriladi
Murojaat uchun telefon: (99871) 235-35-72,
web-site: www.xtv-ffidum.uz
e-mail: ffidum.gimnaziya@mail.ru
Rasmiy kanal: t.me//FFIDUM_Y