BOLA NEGA DUDUQLANADI?
Duduqlanish bolalar orasida ko‘p uchraydigan kasallik. 1 yoshda tili chiqa boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘lligi, qo‘rqitish (qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi va h.k.) yoki tarbiyalashning boshqa og‘ir usullari sababli nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.
Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib, shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, bu yoshgacha ular bilan juda ehtiyotkorlik bilan muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan xatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bola duduq bo‘lib qolgach, uni turli xil shifokor va markazlarga olib borishdan avval bolaga o‘tkazilayotgan ruhiy bosim miqdorini ham o‘lchab ko‘ring. Qolaversa, bu jarayonda ayol(ona)ning oila a’zolari bilan munosabati ham muhim bo‘lib, bolalar 7 yoshgacha hissiyot jihatidan o‘z onasiga bog‘langan bo‘ladi.
Saodat AHMEDOVA,
Angren shahridagi
8-maktab logoped o‘qituvchisi